|
2- ma`ruza. Saralash algoritmlari. Kvadratik, logarifmik va chiziqli qiyinchilikdagi saralash algoritmlari
|
bet | 5/9 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,7 Mb. | | #157511 |
Bog'liq 2- ma`ruza(2023)1-masala. Tоmоnlаrigа ko‘rа to‘g‘ri to‘rtburchаkning pеrimеtri, diаgоnаli vа yuzаsini hisоblаsh:
1) boshlansin;
2) tomonlar qiymati kiritilsin (a, b);
3) perimetr qiymati hisoblansin (P);
4) diagonal qiymati hisoblansin (D);
5) yuzasi hisoblansin (S);
6) perimetr, diagonal va yuza qiymatlari chop etilsin;
7) tugatilsin.
FORMULALAR
YORDAMIDA
IFODALANISHI
Bu usulda algoritmning har bir amali matematik formulalar yordamida ifodalanadi. Algoritm amallarini ifodalashda oddiy matematik yozuvlardan foydalanish mumkin.
Bu usuldan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi.
Bu usulga ba’zan analitik ifodalash ham deyiladi.
Endi 1-masalaning formulalar yordamida ifodalanishini ko‘rib chiqamiz:
1) boshlansin;
2) to‘rtburchak tomonlari a va b ning qiymatlari aniqlansin;
3) P = 2 * a + 2 * b;
4) D = √ (a² + b²);
5) S = a * b;
6) P, D va S qiymatlar chop etilsin;
7) tugatilsin.
JADVAL
YORDAMIDA
IFODALANISHI
Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan dars jadvali, Pifagor jadvali, kimyoviy elementlar jadvali va h. k. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlar qiymatlarining jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz.
- Bunday jadvallardan foydalanish algoritmi
- Sodda bo‘lganligi tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson.
- Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvali hosil qilinadi.
- Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘la oladi.
- Masalan, y = x² + 2 algoritmi asosida harakat qilayotgan ijrochi o‘tadigan nuqtalarning ba’zilari ko‘rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:
GRAFIK
SHAKLDA
IFODALANISHI
Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi sizga avvaldan tanish, chunki matematika kursida chizilgan grafiklarning ko‘pchiligi algoritmning grafik usulda berilishiga misol bo‘ladi.
Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli bu – blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakl – bloklardan tashkil topadi.
DASTUR
SHAKLDA
IFODALANISHI
- Hоzirgi kundа judа ko‘p аlgоritmik tillаr mаvjud bo‘lib, ulаrni dаsturlаsh tillаri dеb аtаymiz.
- Аlgоritmik til – аlgоritmlаrni bir хil vа аniq yozish uchun ishlаtilаdigаn bеlgilаshlаr vа qоidаlаr tizimi. Аlgоritmik til оddiy tilgа yaqin bo‘lib, u mаtеmаtik bеlgilаrni (yuqorida aytilganidek) o‘z ichigа оlаdi.
Qo‘yilgаn mаsаlаlаrni yеchish uchun tuzilgаn аlgоritmlаrni to‘g‘ridаn-to‘g‘ri mаshinаgа kiritib, yеchib bo‘lmаydi, shu sаbаbli yozilgаn аlgоritmni birоrta аlgоritmik tilgа o‘tkаzish zаrur.
Hаr qаndаy аlgоritmik til o‘z qo‘llаnilish sоhаsigа egа. Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan tilga esa dasturlash tili deyiladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va ularning soni yanada ortib bormoqda.
Hozirgi kunda Pascal, Delphi, C, C++, Java, Phyton dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.
Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarni tasvirlash usullarining asosiy maqsadi qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur amallar ketma-ketligining eng qulay holatini aniqlash va inson tomonidan dastur yozilishini yanada osonlashtirishdan iborat.
Aslida dastur ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
|
| |