• 1.Multimediali texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari.
  • 2 -mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda multimediali texnologiyalar




    Download 82,97 Kb.
    bet3/5
    Sana14.02.2024
    Hajmi82,97 Kb.
    #156437
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-ma\'ruza. Multimediali o\'qitish texnologoyasi
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    web uchun ilovalar

    Web uchun ilovalar – bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigatsiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.

    1.Multimediali texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari. Multimediali texnologiyalaridan foydalanish uchun ularni loyihalashning boshlang‘ich bosqichida o‘quv materiallarini qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi
    material mazmunini aniq belgilash: unda ma’ruza, amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’lim, nazorat topshiriqlari belgilab olish;
    mazmunni ko‘rgazmali, aniq va ochiq tarzda, slayd, prezintatsiya, turli animatsiya yaratuvchi dasturlarda yaratilganlarni taqdim etish;
    multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash: mavzudagi qaysi mazmunni animatsiya, video, matn, grafik ko‘rinishida ifodalashni belgilash va h.k..
    Kompyuter ekranidagi ma’lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya yutuqlarini hisobga olish, bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Ular:
    • ekranda aks etadigan ma’lumotlar tizimga keltirilgan bo‘lishi;
    • vizual ma’lumotlar davriy ravishda tovushli ma’lumotga almashib turishi;
    • rang yorqinligi hamda tovush balandligi davriy ravishda o‘zgarib turishi;
    • vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab bo‘lmasligi kabilardir.
    Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo‘lgan animatsiya elementlari va ovoz jo‘rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o‘rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo‘lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlaydi .

    Tajribali pedagog o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan multimedia ilovalaridan ta’lim muassasalarida foydalanishning ahamiyati shundaki:

    • o‘quv axborotlari zamonaviy usulda multimedia vositalari yordamida ekranda to‘laqonli yoritiladi:

    • bilimlarni interfaol usulda nazorat qilish imkoniyati mavjud;

    • undan bir vaqtning o‘zida bir emas, bir necha o‘quvchi foydalanishi mumkin.

    • vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud, ya’ni kam vaqtda o‘quvchilar tomonidan ko‘p o‘quv axborotlarini o‘rganib oladilar.

    • o‘quv axborotlarini o‘quvchilar bir emas bir necha marta takrorlab o‘rganishlari mumkin va h.k.


    Download 82,97 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 82,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 -mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda multimediali texnologiyalar

    Download 82,97 Kb.