• Metodik ko’rrsatmalar
  • Nazariy qism Umumiy tushunchalar
  • Ilmiy tadqiqot
  • 2-amaliy mashg’ulot ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari (Venn diagrammasi asosida) Ishning maqsadi




    Download 176,38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana04.12.2023
    Hajmi176,38 Kb.
    #110900
      1   2   3
    Bog'liq
    2-Amaliy-mashgulot



    2-AMALIY MASHG’ULOT 
    2. ILMIY TADQIQOT TURLARI VA UNI OLIB BORISHNING ASOSIY 
    USULLARI (Venn diagrammasi asosida) 
    Ishning maqsadi: Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari 
    haqida qisqacha ma’lumotlar berish,mavzuga tahliliy yondashuv, Venn diagrammasi 
    asosida mavzuni umumiy yoritib berish. 
    Metodik ko’rrsatmalar: Ilm-fan umumiy ma'noda odamlarning tajriba yoki tajriba 
    natijasida to'plagan tajribalarini anglatadi va tadqiqotlar bu natijalar va kuzatuvlarga 
    erishish jarayonidir.Tadqiqotlar insonning qiziqishidan yoki ba'zida odamlarning biror 
    narsani izlashga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu tizimli, tushunarli
    osonlashtiruvchi, innovatsion va rekonstruktiv jarayon bo'lishi kerak. 
    Nazariy qism 
    Umumiy tushunchalar 
    Ilmiy tadqiqot faoliyati insonga o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholashga amaliy 
    yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo'lishni istasa, o'zining ehtiros va 
    intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka 
    xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim. Bunday faoliyatning 
    natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy 
    faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlami 
    ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlami yanada 
    chuqurroq tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi. 
    Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan 
    biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal 
    qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi 
    lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki kiyem — tajriba va nazariyadan 
    iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni
    tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, 
    tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan 
    farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, 
    ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, 
    noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod 
    va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni 
    qal qilishda ham keng qoʻllaniladi. 
    Tadqiqotlar insonning qiziqishidan yoki ba'zida odamlarning biror narsani izlashga 
    bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu tizimli, tushunarli, osonlashtiruvchi, innovatsion va 
    rekonstruktiv jarayon bo'lishi kerak. Malumki, inson o‘z ijodiy izlanishlari asosida 
    dunyoni o‘zgartiradi va o‘zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi.  
    Ijodning maxsus shakli bo’lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o‘ziga xos metodologik 
    xarakterga ega. U subyektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon boiadi. 
    Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy-tadqiqot 
    jarayonida subyekt obyektga faol, izchil ta’sir ko'rsatadi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini 
    qurshab turgan muhitni o‘zgartiradi, shu paytgacha ko‘rilmagan, anglanilmagan, 


    o'rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma’noda 
    faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyoni o‘zining 
    maqsadiga ko‘ra o'zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakatini namoyon etadi. Ilmiy 
    tadqiqot - bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlami anglab yetishga doimiy ravishda 
    tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig’idan chiqa olishidir. Yangi 
    narsalami ixtiro etishga bo’lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon 
    etadi. 
    Bugungi kunda ko‘plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalarini ilmiy 
    asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy g'oyalami amaliyot bilan 
    uyg‘unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan 
    foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa 
    jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi.
    Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy 
    bilimlaming rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlaming 
    shakllanishiga olib kelgan. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar 
    natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni 
    ishlab chiqishni taqozo qilmoqda.
    Ilmiy tadqiqotlarning tiplari. F.Bekon fanda o‘z-o‘zicha foyda keltirmaydigan, lekin 
    «sabablar va aksiomalar»ni bilishga ko‘maklashadigan tajribalar hamda foydali 
    kashfiyotlar va ixtirolarga eltadigan tajribalar borligini ta’kidlagan edi1. Yangi davrdan 
    boshlab, fan o‘zining birinchi toifadagi tajribalari ikkinchi toifadagi tajribalarga yo‘l 
    ochishiga qarab tobora ko‘proq mo‘ljal oladi. Hozirgi zamon fanining amaliyotga qarab 
    mo‘ljal olishi mazkur fanga xos bo‘lgan xususiyat va shu bilan bir vaqtda jamiyat fanga 
    qo‘yuvchi muhim talablardan biridir. 0 ‘z navbatida, amaliyot ham fanga tobora ko‘proq 
    tayanmoqda. Fanning amaliyot sari harakatining turli bosqichlariga ilmiy tadqiqotlarning 
    birbiri bilan bog‘langan, lekin shunga qaramay turli tiplari muvofiq keladi:
    1) fundamental tadqiqotlar;
    2) amaliy tadqiqotlar;
    3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalar;
    4) innovatsion tadqiqotlar;
    5) Yoshlarning amaliy va fundamental tadqiqotlari. 
    Fundamental tadqiqotlar- Fundamental tadqiqotlar voqelik hodisalari va qonunlari 
    haqida yangi bilim olishga qaratiladi. Ular bironbir amaliy maqsadlarga erishishni 
    bevosita ko‘zlamaydi. Bu erda tadqiqotchini haqiqat o‘z-o‘zicha qiziqtirmaydi, u mazkur 
    haqiqatning tagiga etish qanday foyda keltirishi mumkinligini bilmasdan uni izlaydi. 
    Amaliy tadqiqotlar- Amaliy tadqiqotlaming xususiyati shu bilan belgilanadiki, ular 
    amaliy vazifalarni yechish uchun kerakli bo‘Igan bilimni olishga qarab to ‘g ‘ridan-to ‘g 
    ‘ri mo ‘Ijal oladi. Bunda gap ayrim turdagi amaliy vazifalarni yechish haqida boradi. 
    Ilmiy xodim boshqa imkoniyatlami o‘rganish uchun, hatto ular qiziqarli natijalami va’da 
    qilayotgan bo'lsa ham, mazkur tadqiqot chizig‘idan chetga chiqishi mumkin emas. Ish 
    rejalari va grafiklarini hamda ulami bajarish to‘g‘risida hisobotlami vaqti-vaqti bilan 
    taqdim etish odatda, amaliy tadqiqotlami moliyalashtirish sharti hisoblanadi. 
    Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari- Amaliy tadqiqotlardan farqli 
    o'laroq loyiha konstruktorlik ishlanmalari konkret texnik vazifani bajarish maqsadini k o 
    ‘zlaydi. Bu, masalan, biron-bir 283 apparat yoki inshoot loyihasini yaratish, ishlab 
    chiqarishning texnologik sxemalarini tayyorlash bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilik 


    ishlanmalari odatda biron-bir prinsipial yangi ilmiy bilimlami olish yo‘lidagi izlanishlar 
    bilan bog‘liq bo'lmaydi, lekin konkret loyiha-konstruktorlik vazifalarini yechish uchun 
    fundamental va amaliy fan natijalaridan foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazishni 
    talab etadi. Bu yerda gap kashjiyotchilik haqida emas, balki ixtirochilik haqida boradi. 
    Innovatsion tadqiqotlar - muayyan sohada mavjud bilimlarga tayanib ishlab 
    chiqarish uchun foydali yangi ishlanmani ixtiro qilishni nazarda tutadi. 
    Yoshlar ilmiy tadqiqot loyihalari - bu nisbatan yangi yo'nalish bo ‘lib, unda yosh 
    olimlaming fundamental va amaliy ahamiyatga ega bo ‘Igan ilmiy izlanish natijalari о‘z 
    ifodasini topadi. 
    Venn diagrammasi - murakkablashishi mumkin, ammo eng sodda shaklda bu o'rtada 
    bir-biriga o'xshash ikki doiradir. Oddiy Venn diagrammasi ikkitadan ortiq narsalarni 
    solishtirish uchun ishlatilishi mumkin. 
    Bolalar Venn diagrammalarini til san'atidan foydalanishni tez-tez o'rganadilar. U bir xil 
    kitobda ikki xil kitobda yoki ikkita belgi bilan solishtirish uchun ishlatilishi mumkin. 

    Download 176,38 Kb.
      1   2   3




    Download 176,38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg’ulot ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari (Venn diagrammasi asosida) Ishning maqsadi

    Download 176,38 Kb.
    Pdf ko'rish