• Qisqacha nazariy ma’lumot. Kommutator
  • Amaliy mashg‘ulotni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.
  • FastEthernet
  • 2-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini qurish. Ishning maqsadi




    Download 433.34 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana07.03.2024
    Hajmi433.34 Kb.
    #168329
      1   2
    Bog'liq
    2-Amaliy mashg'ulot
    17, 1.Biznes reja va uning klasifikatsiyasi. kurs ishi. to\'liq, 1-mavzu, 1 mustaqil topshiriq Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan, Jizzax davlat pedagogika instituti, Практикум ч.1 (ОЗО)), 1-uzb-dateline, 1-нчи оралик саволлари БТБ, Reja Metodikalar tuzish va moslashtirish texnologiyasi-fayllar.org, Документ Microsoft Word, Ma`lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash va, Uztext, А 4 JORIY NAZORAT, KVADRAT TENGLAMANING HAYOTGA TADBIQI, test Iroda1


    2-Amaliy mashg‘ulot. 
    Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish. 
    Ishning maqsadi: CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan 
    ishlashni o‘rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish 
    bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 
    Qisqacha nazariy ma’lumot. Kommutator (switch) – bu kompyuter 
    tarmoqlarining bir nechta uzellarini (xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq 
    segmentlari chegarasida bog‘lash uchun mo‘ljallangan qurilma. Konsentratordan 
    farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu 
    tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini tarmoqning boshqa segmentlari ular 
    uchun mo‘ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashini zaruratining oldini olish 
    hisobiga oshiradi. 
    Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator 
    xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos 
    keladigan qurilma MAC-adresini ko‘rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval 
    bo‘sh bo‘ladi va u o‘rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga 
    kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi. Bunda 
    kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni 
    jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar kommutatorning portlaridan biriga kadr 
    yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo‘lgan uzel uchun 
    mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko‘rsatilgan port orqali 
    yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi kommutatorning qaysidir portiga 
    mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o‘tishi bilan 
    kommutator o‘zining barcha portlari uchun to‘liq jadvalni shakllantiradi va 
    natijada trafik lokalizatsiyalanadi. 
    Amaliy mashg‘ulotni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. 
    Ushbu mashqada sizdan to‘rtta shaxsiy kompyuterni kommutator yordamida 
    birdarajali tarmoqqa 2.1-rasmda ko‘rsatilgandek birlashtirib lokal tarmoq modelini 
    hosil qilish talab qilinadi. 


    2.1-rasm. Kommutator yordamida qurilgan lokal tarmoq. 
    Quyidagi amallarni bajaring: 
    1. 
    Cisco Packet Tracer dasturini yuklang. 
    2. 
    Cisco Packet Tracer ishchi sohasiga tarmoqqa birlashtirish lozim bo‘lgan 
    qurilmalarni joylang: 
    2.1. Ishchi sohaga PC0, PC1, PC2 va PC3 ShKlarni joylashtiring. 
    2.2. Switches guruhini tanlang. Switches guruhidan kommutatorning abstrakt 
    modeli Switch-PT (Generic) ni tanlang va uni ishchi sohaga joylang. 
    3. 
    Barcha kompyuterlarni kommutatorga to‘g‘ri mis kabel yordamida ulang (1-
    laboratoriya ishiga qarang). 
    4. 
    PC0 kompyuterini sozlang: 192.168.1.1 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni 
    bering. 
    5. 
    PC1 kompyuterini sozlang: 192.168.1.2 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni 
    bering. 
    6. 
    PC2 kompyuterini sozlang: 192.168.1.3 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni 
    bering. 
    7. 
    PC3 kompyuterini sozlang: 192.168.1.4 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni 
    bering. 
    8. 
    Kommutatorning Ethernet portlari yorug‘lik indikatorlarini ifodalovchi barcha 
    rangli nuqtalar qizil rangdan yashil rangga o‘tguniga qadar kuting, bu 
    kommutator suhbu portlarni ishchi holatga keltirganligini ko‘rsatadi. 
    9. 
    O‘ng tomondagi uskunalar panelidan lupani tanlang va kommutator ustiga 
    olib borib ushbu holatda bir necha sekund kutib turing. Shundan so‘ng 
    ekranda kommutator portlari holatini tasvirlovchi kontekst oyna hosil bo‘ladi 
    (2.2-rasm) 
    10. Cisco Packet Tracer dasturini Realtime real vaqt rejimidan Simulation 
    qadamma-qadam modellashtirish rejimiga o‘tkazing. 


    11. Qadamma-qadam modellashtirish rejimidan foydalanib PC0 kompyuteridan 
    PC2 kompyuteriga oddiy paket yuboring va aksincha. 
    12. Event List hodisalar ro‘yxatiga qarang. 
    13. Reset Simulation tugmasini bosing. 
    14. Modellashtirish tezligini tartibga soluvchi surgichni o‘ng tomon oxiriga 
    o‘tkazing. 
    15. Auto Capture/Play tugmasini bosib modellashtirishni uzluksiz rejimga 
    o‘tkazing. 
    16. Senariya maydonidan Delete tugmasini bosib, modellashtirish senariyalarini 
    tozalang. 
    17. PC0 kompyuteridan tarmoqqa qisqa keng eshittirishli xabar yuboring: 
    17.1. Murakkab paket yaratish uchun o‘ng tomondagi uskunalar panelidan Add 
    Complex PDU tugmasini bosing, keyin kursorni PC0 kompyuteri ustiga 
    o‘rnating va sichqoncha chap tugmasini bosing. Natijada ekranda Create 
    Complex PDU muloqot oynasi hosil bo‘ladi. 
    17.2. Outgoing Port (yuboruvchi port) ro‘yxatidan FastEthernet portini ko‘rsating. 
    17.3. Select Application (ilovani tanlash) ro‘yxatidan PING ni ko‘rsating. 
    17.4. Destination IP Address (qabul qiluvchi manzili) maydoniga 255.255.255.255 
    keng eshittirishli manzilni kiriting. 
    17.5. Source IP Address (manba manzili) maydoniga PC0 kompyuteri IP-manzili 

    Download 433.34 Kb.
      1   2




    Download 433.34 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini qurish. Ishning maqsadi

    Download 433.34 Kb.
    Pdf ko'rish