• Piroliz jarayoni.
  • Pirogazni tayyorlash.
  • Etan asosida etilen ishlab chiqarish




    Download 326,3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana13.01.2024
    Hajmi326,3 Kb.
    #136887
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    9-ma\'ruza. Gaz kimyosi

    Etan asosida etilen ishlab chiqarish. Etan asosida etilen ishlab chiqarish 
    prinsipial texnologik sxemasi 6-rasmda ifodalangan. Etan asosida etilen ishlab 
    chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: piroliz jarayoni; pirogazni tayyorlash; 
    komprimirlash, tozalash va quritish; gaz ajratish. 
    Piroliz jarayoni. Etan 1-issiqlik almashtirgichdan 2-saturatorga kelib suv 
    bug’i bilan to'yinadi va 4-piroliz pechiga o‘tadi. Tarkibidagi gazlar ajratilgandan 
    so‘ng etan fraksiyasi (etan retsikl) ham 4-piroliz pechiga kelib qo'shiladi, u yerda 
    piroliz jarayoni sodir bo‘ladi. Pechdagi reaksiya aralashmasi 815-850 °C haroratda 
    3-toblash bug’latish jixozida toblanadi. Bu yerda pirogazni 350-450 °C sovushi va 
    11-14 MPa bosimda bug’ hosil bo‘lishi sodir bo‘Iadi 5-baraban-bug’ yig‘gichda u 
    suvdan ajratiladi va pirogaz trubinalari privodlari va propilen kompressorlarida
    shuningdek suv uzatish nasoslarida ishlatiladi. 
    6-rasm. Etilen ishlab chiqarishuning prinsipial texnologik sxemasi: 


    1-issiqlik almashtirgich jixozi; 2-saturator; 3-toblash-bug’lash jixozi; 4-etanni 
    pirolizlash pechi; 5-baraban-bug’ yig'gich; 6-birlamchi fraksiyalash kolonnasi; 7, 
    10- separatorlar; 8-tindirgich; 9-bug’latish kolonnasi; 11-1,11-2,11-3,11-4,11-5- 
    kompressorlar; 12-ishqor bilan tozalash kolonnasi; 13-quritgich; 14-demetanizator; 
    15-sovuq blok; 16-etan etilen kolonasi; 17-gidrirlash reaktori; 18-deetanizator; 19- 
    propan-propilen kolonnasi; 20-depropanizator; 21-debutanizator; 22- 
    depentanizator. 
    Pirogazni tayyorlash. Pirogaz aralashmasi sirkullanuvchi qozon yoqilg‘isi 
    bilan aralashtirilgandan so‘ng qo'shimcha 175-180 °C haroratgacha sovutiladi va 
    6-birlamchi fraksiyalash kolonnasiga o‘tadi. Ushbu kolonnaning kubidan 
    suvsizlantirilgan og‘ir fraksiya - qozon yoqilg'isi, yuqorisidan esa yengil fraksiya 
    chiqariladi. 
    Qozon yoqilg‘isining sirkullanuvchi issiqligi xomashyoni isitish va past 
    bosimli bug’ olish uchun sarflanadi. 6-kolonna yuqori tomonidan 95-110 °C da 
    ketayotgan oqim 1-issiqlik almashtirgichda 40 °C gacha sovutiladi va 7-
    separatorga o'tkaziladi, u yerda pirogaz kondensatsiyalangan uglevodorodlar va 
    suvdan ajratiladi, so‘ngra ular 8-tindirgichda ajratiladi. 
    Pirokondensatning bir qismi 6-birlamchi fraksiyalash kolonnaga sug‘orish 
    uchun, qolgan asosiy qismi esa pirogazni kompromirlash bosqichida ajratilgan 
    pirolizning suyuq mahsulotlari bilan birga 22-depentanizatorga yo‘naltiriladi. 9-
    bug’latish kolonnasida tarkibidagi uglevodorodlar ajratilgandan so‘ng, suv bug’i 
    olish tarmog‘iga o'tkaziladi, hosil bo‘lgan aralashtirish bug’i piroliz pechiga 
    yuboriladi. 

    Download 326,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 326,3 Kb.
    Pdf ko'rish