Innovatsiya tushunchasi va mohiyati. Innovatsiya




Download 46,32 Kb.
bet11/11
Sana09.12.2023
Hajmi46,32 Kb.
#114766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
M

Innovatsiya tushunchasi va mohiyati. Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
Yangi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.
Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.
“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi
Zamonaviy ta’limdagi innovatsion jarayonlar an’anaviy o‘qitishni produktiv o‘qitishga aylantirish yo‘llarini izlashdan iborat. U ishlab chiqarish va insonlarning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan natija, mahsulot olish uchun o‘quvchilarning faol ijodiy, tadqiqiy faoliyatini tashkil qilishga asoslangan.
Produktiv o‘qitishning maqsadi mutaxassisni ijtimoiy-tarixiy va bunyodkorlik jarayonining subyekti sifatida tayyorlashdir. Mutaxasis uni o‘rab turgan muhitga oddiygina singib ketmasdan, balki o‘qitish jarayonida olingan turli xildagi ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini yechish tajribasidan unumli foydalanishi lozim. Produktiv o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonining mantig‘ini o‘zgartirishdan iborat. An’anaviy o‘qitish jarayoni o‘rganuvchi tafakkurining nazariyadan amaliyotga harakatidan iborat. Produktiv o‘qitish esa boshqacharoq mantiq bilan quriladi: amaliyotdan – o‘rganishga, o‘qishga.
O‘quvchilarning produktiv o‘qishini ta’minlaydigan eng samarador texnologiyalardan biri – bu o‘quv loyihalash texnologiyasidir. Uning asosida D.Dyuining shaxs va jamiyat orasidagi ziddiyatni hal qilish g‘oyasi yotadi. Bu ziddiyat o‘quvchining nima qilishni istashi va uni nima qilishga majbur qilishdan iborat. D.Dyui o‘qitishni o‘quvchilarning shu bilimlarni olishga shaxsiy qiziqishlari asosida tashkil qilishni taklif qiladi.
O‘quvchilar bu bilimlar ularning hayotida asqotib, ularga foyda keltirishini tushunib etishlari kerak. Ularda nima uchun?, qachon? degan savollar tug‘iladi. Mana shu yerda hayotdan olingan, o‘quvchilarga tanish bo‘lgan, uni echish uchun o‘zlaridagi bor bo‘lgan bilim va yangi bilimlarni sarflashlari lozim bo‘ladigan muammolar zarur bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘quvchilar qayerdan, qanday qilib oladi? O‘qituvchi axborotning yangi manbalarini aytishi yoki o‘quvchilarning fikrini kerakli tomonga yo‘naltirishi mumkin. Natijada o‘quvchilar mustaqil va hamkorlikdagi harakatlar asosida turli manbalardan olingan bilimlarni ko‘llab sezilarli natija olishlari mumkin bo‘ladi. Bu loyiha qilish faoliyati asosida amalga oshiriladi. Loyiha metodi ma’lum bir evolyusiyani bosib o‘tdi. U erkin tarbiya g‘oyasidan tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy komponentalaridan biridir. Biroq uni mohiyati avvalgi holicha qoladi – o‘quvchilarning muammolarga qiziqishlarini uyg‘otish. Muammolarni yechish uchun ulardan muayyan bilimlar to‘plami va loyihaviy foliyat talab qilinadi. Bu faoliyat bir yoki bir nechta muammolarni echish, olingan bilimlarning amaliy tadbig‘ini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, nazariyadan amaliyotga o‘tish, akademik bilimlarni pragmatik bilimlar (progma – faoliyat, ish) bilan bog‘lash (o‘qitishning har bir bosqichida) muvozanatiga rioya qilish zarur bo‘ladi.
An’anaviy tizimni modernizatsiyalashda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari axborotlarni eng yangi usullari va vositalarini qo‘llashga asoslanganligi uchun, ulardan bizning ta’lim texnologiyalarimizda foydalanish, o‘qitish jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish to‘g‘risidagi talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Qanday pedagogik texnologiyalar mavjudligini ko‘rib chiqamiz. Biz, ularni an’anaviy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida qo‘llashimiz mumkin.
 Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Ular, jarayonli orientatsiyalangan, shaxsiy munosabatlar ustuvorligi, individual yondoshilgan, qattiq bo‘lmagan demokratik boshqariladigan va mazmunan yorqin insonparvarlikka yo‘naltirilgan texnologiyalardir. Ularda, hamkorlik texnologiyasi, Sh.A.Amonashvilining insonparvar-shaxsli texnologiyasi, E.N.Ilinning insonni shakllantiruvchi fan sifatida adabiyotni o‘qitish texnologiyasi va boshqalar kiradi.
 Ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish va boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya - dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyalari (V.V.Firsov, N.P.Guzik), ta’limni individuallashtirish (A.S.Granitskaya, Inge Unt, V.D.Shadrikov), sharhlovchi boshqarish payotida tayanch sxemalardan foydalangan holda istiqbolli-ilgarilovchi o‘qitish, (S.N.Lisenkova), guruhli va jamoaviy o‘qitish usullari (I.D.Pervin, K.Dyachenko), kompyuter (axborot) texnologiyalari va b.

1


Download 46,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 46,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiya tushunchasi va mohiyati. Innovatsiya

Download 46,32 Kb.