|
2 asosiy qism I. Bob. Shaxsiy-insonparvarlik yondashuvi texnologiyasi bo’yicha izlanishlar
|
bet | 7/11 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 46,32 Kb. | | #114766 |
Bog'liq MPedagogik tamoyil – bolaning predmetli-rivojlantiruvchi muhitda didaktik material bilan mustaqil maqsadga yo’naltirilgan faoliyat. Montessori metodikasida pedagog oldin ko’rgazmali montessori-material bilan ishlash yo’lini ko’rsatib beradi, keyinchalik bolaga yordamchi va shogird do’iadi.
Montessori ta’limining mohiyati nimadan iborat?
Montessori metodi bolani har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi. Mariya Montessorining bolalarga yondoshuvi o’ziga xosdir. Bu tizim uchta asosiy qismdan iborat: bola, atrof-muhit va pedagog. Ta’lim jarayoni diqqat markazida bola turishi kerak. Montessori o’z metodikasida bolani tarbiya sharoitlarida kuzatuvlariga asoslanadi. So’ngra doktor Montessori bolaning mustaqil rivojlanishi uchun tabiiy maxsus sharoitlar yaratgan. U ta’limda pedagogni o’rnini o’zgacha talqin etib, uning failiyati ta’lim berish emas, yo’naltirishdan iborat bo’lishi lozim. Shuning uchun “o’qituvchi” so’zi o’rniga “rahbar” iborasini qo’llagan. U bilimni faoliyat orqali mustaqil olishni o’rgatadi. Montessori metodikasiga ko’ra, bola o’ziga yoqqan, o’ziga qiziqarli bo’lgan mashg’ulotni tanlash erkinligiga ega bo’ladi. Bola o’z bilim va malakalarini takomillashtira borib, unga mustaqillik va o’ziga ishonch ham rivojlanadi. Montessori metodi bolaga ta’lim jarayoniga tabiiy intilishni yuzaga keltiradi. Ta’limning keyingi bosqichida dadil, ishonch bilan o’tishga zamin tayyorlanadi. Bolaga uni o’rab turgan muhit yordam beradi. Montessori mashg’ulotlarida bolalar o’zaro musobaqalashmaydi. Montssori metodi boshqa metodlarga o’xshamaydi. Unga ko’ra, bola shaxs sifatida shakllanishiga zarur barcha zarur sharoitlar hisobga olinadi.
Insonparvarlik-shaxsiy texnologiya M. Montessori
M. Montessori - olima va amaliyotchi. U o‘zining tajriba maktabida hamkorlik pedagogikasi, shaxsiy yondashuv, erkin pedagogic texnalogiyasini ishlab chiqdi va o‘qitishning o‘ziga xos usullarini yaratdi hamda amalga oshirdi. Uning Erkin pedagogikasida bayon etilgan texnologiyasi pedagogik faoliyatining o‘ziga xos natijasi, mafkurasidir.
Mazmun xarakteriga ko‘ra: o‘qitish+tarbiyaviy, diniy madaniyat unsurlari bilan dunyoviy, gumanitar, umumta’lim, insonparvarlik.
Tashkiliy shakllar bo'yicha: farqlash va individuallashtirish elementlari bilan an'anaviy sinf-dars.
Bolaga yondashuv bo'yicha: insonparvarlik-shaxsiy, hamkorlik pedagogikasi.
Uslubga ko'ra: tushuntirish-illyustrativ, muammoli, ijodkorlik elementlari bilan o'ynoqi.
Bolaning shaxsiy fazilatlarini ochib, uning olijanob insonni shakllantirish, kamol toptirish va tarbiyalashga hissa qo‘shish.Mariya Montessorining o’z-o’zini rivojlantirish texnologiyasi pedagogika tizimida muhim ahamiyat kasb etadi va hozirgi davrda ham ta’lim jarayonlarida rurli usullarda qo’llab kelinadi va bugungi kundagi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uzviy bog’langanligini ko’rsatadi.
|
| |