• Tarixiy fanlar bo’yicha elektron o’quv nashrlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat
  • Elektron o’quv nashrlari tarix ta’limida




    Download 227.58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana11.03.2024
    Hajmi227.58 Kb.
    #169940
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1 ma\'ruza Elektron ta\'lim resurslari Elektron ta’lim resurslarining
    MAVZU333, ТПни жойига ўрнатиш далолатнома намунаси, 8-sinf sifat sam, 7 sinf nazorat, 2022, 7-sinf-informatika-testlar, file, Farzona, Мақуллайман Қувасой шахар хокими, 6 variant
    Elektron o’quv nashrlari tarix ta’limida. 
    Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’quv adabiyotlariga qo’yiladigan 
    asosiy talablar quyidagilardir:. 
    - Tarixiylik va an’anaviylik printsiplariga amal qilish
    - Dasturiy va electron mahsulotlar standatrlariga amal qilish; 
    - ma’lumotlarni bayon etishda estetik va etik normalarga rioya etish; 
    - Bibliografik ma’lumotlarning to’liq va ob’ektivligi; 
    Tarixiy fanlar bo’yicha elektron o’quv nashrlarining xususiyatlari 
    quyidagilardan iborat: 
    Gumanitar bilimlarning asosiy xususiyati ularning noformal xarakterda 
    ekanligidadir. Gumanitar fanlar bo’yicha o'quv adabiyotlari asosan matnli 


    ko'rinishda bo'lib, keng illyustrativ axborotga ega bo’ladi.Bu xususiyat electron 
    o’quv nashrlari tayyorlashda qiyinchilik tug’diradi, chunki bunday matnlarni o’qyv 
    materialini gipermatnli tashkil qilish uchun zarur bo’lgan struktyralash jarayoni 
    qiyin bo’lib, o’quv nashrlari avtorlarining maxsus didaktik tayyorgarlikka ega 
    bo’lishini talab etadi.Tarixiy fanlarni o’qitishda asosiy elektron o’quv nashri – 
    multimediyali darslik hisoblanadi. Uning asosini gipermatn, video va audio ilovalar, 
    animatsiya, katta xajmdagi illyustrativ materiallar tashkil etadi. 
    Tarixiy fanlar bo’yicha elektron o’quv nashrlari ko’p funksiyali bo’lib, ta’lim 
    oluvchilarning turli kategoriyalariga mo’ljallangan.Ularning gipermatnli strukturasi 
    standart o’quv materialini maxsus o’quv bloklari bilan to’ldirishga imkon 
    beradi.Masalan, fizika yo’nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan 
    tarix kursi fan va texnika tarixi bo’limini , filologlar uchun tarix kursi esa madaniyat 
    tarixi bo’limlarini o’z ichida saqlashi mumkin va hokazo. Elektron o’quv 
    nashrlarini yaratishda Internet tarmog’i katta imkoniyatlar yaratadi. Elektron 
    nashrlarning tabiati ularning ichida Internet tarmog’idagi maxsus sahifalarga 
    to’g’ridan-to’g’ri murojaat etish imkonini beradi va o’quvchi-talabalarning soha 
    bo’yicha kerakli ma’lumotlarni qidirish malakasini hosil qilishga yordam beradi. 
    Tarixiy fanlar bo’yicha elektron o’quv nashrlari o’quv-uslubiy kompleks 
    sifatida yaratilishi , ya’ni ular o’z ichida darslik bilan birga xrestomatiya, praktikum, 
    lug’at, test dasturi hamda nazorat savollari va vazifalari bankini saqlashi kerak. 
    O’quv jarayonining asosiy turi ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza –talabalar 
    tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan o’quv materiali uchun yo’naltiruvchi asos 
    bo’lgan bilimlarni shakllantiruvchi o’quv jarayonining tashkil qilinish 
    shaklidir. Ma’ruzaning uchta asosiy turi mavjud bo’lib, ular kirish ma’ruzasi, 
    infomatsion ma’ruza va obzor ma’ruzalaridir.O’rganilayotgan fan predmeti va 
    didaktik maqsadlardan kelib chiqib, ma’ruzalarninng quyidagi shakllaridan 
    foydalanish mumkin: muammoli ma’ruza, visual ma’ruza, press-konferensiya 
    m’ruza va hokazo.Ma’ruzalarda qo’llaniluvchi elektron o’quv nashrlari bayon 
    etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, 
    ma’ruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak. 
    Nazariy materialni oorganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron o’quv 
    nasrlaridan foydalanish mumkin: 
    Videoma’ruza.Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.Ushbu ma’ruza 
    turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga 
    to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir. 
    Multimedia ma’ruza.Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi interaktiv dasturlar 
    yaratilishi mumkin.Bunday o’quv qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi 
    o’zi uchun qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini , optimal o’rganish tempini va 
    usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi ko’p jihatdan nazorat qiluvchi 
    vositalar hisobiga ham ko’tarilishi mumkin. 
    An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy 
    materialni o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va hokazo. 
    Amaliy mashg’ulot – nazariy bilimlarni manbalarni muhokama qilish va 
    amaliy masalalarni echish orqali mustahkamlashga qaratilgan o’quv jarayonining 
    tashkil etilish shaklidir. 


    Amaliy mashg’lotlarda foydalaniluvchi electron o’quv nashrlari o’rganuvchiga 
    mavzu bo’yicha , mashg’ulotni o’tkazish tartibi va maqsdi to’g’risida ma’lumot 
    berishi, bilimlarni nazorat qilishi, kerakli nazariy material va amaliy ko’rsatmalarni 
    taqdim etishi, o’rganuvchilar bilimini baholashi kerak. Tarixchilar uchun amaliy 
    mashg’ulotlarning asosiy shakli seminar mashg’ulotlari bo’lib hisoblanadi. Ushbu 
    ta’lim shakli o’quv va ilmiy materialga nisbatan tadqiqot nuqtai nazarini 
    shakllantiradi. Seminar mashg’ulotlarida foydalaniladigan elektron o’quv nashrlari 
    qatoriga xrestomatiyalarni, xujjat va materiallar to’plamlarini, ma’ruzalarning 
    tayanch konspektlarini, electron darslik va boshqalarni kiritish mumkin. O’quv 
    jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi talabalarning mustaqil 
    o’zlashtiradigan bilimlari xajmining ortib borishi bilan birga ketmoqda.Aslida 
    elektron o’quv nashrlarining barcha mavjud turlari mustaqil ta’limni tashkil etish 
    uchun asos bo’lishi mumkin. Bu jarayonda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
    elektron nashrlar, Internet tarmog’i resurslari, elektron berilganlar bazalari, 
    kutubxonalar katalog va fondlari, arxivlar va hokazolardan foydalaniladi.
    Talabalarning axborot texnologiyalari asosidagi mustaqil ta’limi quyidagilarni 
    o’z ichiga oladi: electron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, 
    audiokassetalarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuterli testdan 
    o’tish va boshqalar.
    hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o’quv 
    nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga 
    oshirish mumkin.Ayniqsa, elektron o’quv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat 
    tizimida foydalanishning samarasi yuqoridir. Kompyuter test dasturlari 
    o’rganuvchilar uchun o’z-o’zini nazorat vositasigina bo’lib qolmay, joriy va oraliq 
    nazoratning vazifasini o’z ustiga oladi.Bunday test dasturi o’zgartirish mumkin 
    bo’lmaydigan mustaqil programma bo’lishi yoki o’qituvchi tomonidan to’ldirib, 
    modifikatsiyalandigan qoboq dastur ham bo’lishi mumkin.Tarix ta’limida o’quv 
    amaliyotining muhim ahamiyati bor. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar 
    vositasi bo’lib xizmat qiladi.Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik 
    qazilmalarga, etnografik materiallar yig’ish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, 
    arxiv xujjatlari bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi 
    mumkin.Arxiv va muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini 
    msofadan o’tqazish imkonini yaratadi.O’quv elektron vositalari qatorida O’quv-
    uslubiy majmualar muhim o’rin tutadi. O’UM lar nazariy material bilan birga amaliy 
    vazifalar, testlar , ilovalar va boshqalarni saqlaydi.O’UM lar strukturalangan 
    mantiqan bog’langan didaktik elamantalardan tashkil topgan raqamli va analog 
    shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin.Zamonaviy o’quv 
    multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv 
    materialgina bo’lmay, undagi o’quv materiallari
    turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.Multimedia 
    kurs ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari 
    yordamida kompleks ta’sir o’tkazish vositasi hisoblanadi. O’UMning asosini uning 
    interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga 
    quyidagilar kiradi: 
    -elektron darslik; 


    - electron ma’lumotnoma; 
    - trenajerli majmua; 
    - misol va masalalar to’plami; 
    - electron laboratoriya praktikumi; 
    - kompyuterli test tizimi.

    Download 227.58 Kb.
    1   2   3   4




    Download 227.58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron o’quv nashrlari tarix ta’limida

    Download 227.58 Kb.
    Pdf ko'rish