LABORATORIYA ISHINING BAJARILISHI:
Vazifa. Tarmoq quyidagi tartibda qurilsin:
a) Chekli tugunli 5 ta PC kompyuterlar Switch0 2950-24 kommutatoriga
ulansin;
b) 2 ta PC kompyuterlar va 1 ta Noutbuk (Laptop-PT) Switch1 2950-24
kommutatoriga ulansin;
c) Ikki tarmoq kommutatori marshrutizator (Router0) ga birlashtirilib tarmoq
topologiyasi yaratilsin. (2.2-rasm):
2.2 - rasm. Tarmoq topologiyasi.
1- qadam. Chekli tugunlarni sozlashga o’tamiz:
PC0-PC4 qurilmalariga IP-manzil va tarmoqosti maskaga qiymatlarni beramiz:
(2.2-jadval). Barcha tugunlar shlyuzi IP-manzili – 192.168.3.1.
DNS-server IP-
manzilini ko’rsatish shart emas, bu ishda u ishlatilmaydi.
2.2-jadval
2 – qadam. PC5, Laptop0, PC6 qurilmalariga IP-manzil va tarmoqosti maska
o’rnatamiz. (2.3-jadval). Shlyuz IP-manzili barcha tugunlar uchun – 192.168.5.1.
DNS-server IP-manzili ko’rsatilishi shart emas.
2.3-jadval
.
Har bir tugunni o’zining IP-manzili bilan nomlaymiz.
3- qadam. Simulasiya rejimida ishni tekshirish
192.168.3.5 IP-manzilli hostga 192.168.3.3 IP-manzilli chekli tugundan matnli
ping-so’rovini jo’natamiz.
E’tibor bering, ikkala tugun
ham bir tarmoq segmenti
doirasida joylashgan bo’lishi zarur.
1. Sichqonchani tanlangan qurilmaga bosamiz.
2. Kompyuterda mavjud bo’lgan bir qancha dasturlar to’plamidan
iborat
Desktop bandini tanlaymiz.
3. Kompyuterning imitatsiyalovchi
buyruqlar satri Command Prompt (Run)
dasturini tanlaymiz.
4. PC>ping 192.168.3.5 ping-so’rovini kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz.
Manba (jo’natuvchi) IP-manzili – 192.168.3.5. Tayinlangan IP-manzil –
192.168.3.3. ICMP-xabar turi – 0 – exo-javob. 192.168.3.3 hostning buyruq satridagi
ping-javobni qarab chiqing.