2.15-rasm. ARP-so’rov paketi shakli
Marshrutizator ARP-javobni shakllantiradi, o’zining fizik manzilini ko’rsatadi va
uni 192.168.3.4 tuguniga jo’natadi. 192.168.3.4 hosti ARP-javobni olgandan so’ng
belgilangan tarmoqqa marshrutizator orqali ping-so’rovi ICMP-xabarini jo’natadi.
Paket-konvertni sichqoncha bilan belgilab paketning mazmunini ko’rib chiqing.
(2.16-rasm.)
2.16- rasm. ICMP-exo-so’rovi paketi formati
Qachonki so’rov belgilangan tarmoqqa kelganda,
agar qabul qiluvchining
MAC-manzili marshrutizator ARP-jadvalida yo’q bo’lsa, u holda marshrutizator uni
aniqlaydi. Shunday holatda lokal manzilning ruhsat etish masalasi yechimini topadi.
Dastlab marshrutizator qabul qiluvchining fizik manzilini bilishi zarur, toki u ping-
so’rovini belgilangan joyga jo’nata olsin, shuning uchun ping-so’rovli paket
marshrutizatorga kirishi rad etilgan. Yangi ARP-so’rov
marshrutizatordan keng
qamrovli xabarlar sifatida jo’natiladi. U IP- va MAC-manzillaridan tashkil topadi.
Belgilangan IP-manzil -192.168.5.5 tuguni. Tarmoqosti tuguni,
qachonki paket
belgilanmagan bo’lsa, uni ta’qiqlaydi. 192.168.5.5 tuguni ARP-javobni shakllantiradi
va uni marshrutizatorga qayta jo’natadi, paket mazmuni nima hususida ekanligi
o’zining MAC-manzilida ko’rsatib o’tiladi. 192.168.3.4 tuguni tashqi tarmoq orqali
192.168.5.5 tuguniga ping-so’rovini yana jo’natadi. Uning yo’nalishi Switch0
kommutatori, Router0 marshrutizatori, Switch1 kommutatorlari orqali o’tib,
belgilangan tugunga yetib boradi.