2 - laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Protokollar. ARP va ICMP protokollari
Ishning maqsadi: Cisco Packet
Tracer dasturida ishlash,
ARP va ICMP
protokollarini o’rganish, tracert utilitalarini qo’llash
Texnik jihozlar:
•
PC kompyuterlar;
• Cisco Packet Tracer dasturi paketasi.
Ishning rejasi:
1.
Tarmoq topologiyasini qurish, chekli tugunlarni sozlash;
2. Marshrutizator (yo’naltirgich)ni sozlash;
3. Simulasiya rejimida ishni tekshirish;
4. Ichki tarmoqda ping-so’rovni yaratish;
5. Tashqi tarmoqda ping-so’rovni yaratish;
6. Mavjud bo’lmagan IP-manzil tugunlarida ping-so’rovni yaratish;
7. Alohida (individual) topshiriqlarni bajarish.
Nazariy ma’lumotlar:
Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to‘plami, apparat va dasturiy
ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun
barcha kompaniyalar bu
protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol – ma’lumotlar turi va formatini, ularni
uzatilish tartibini belgilaydi.
Har xil firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan
protokollarning bir nechta
standart steklari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining pog‘onalaridagi maxsus
ishlarni
amalga oshiradi. Ammo tarmoqda bajariladigan
kommunikatsion topshiriqlar
protokollarni uchta turga ajratadi. Bular:
Amaliy protokollar;
Transport protokollari;
Tarmoq protokollari.
Amaliy protokollar OSI modelining yuqorigi pog‘onalarida ishlaydi. Ular
dasturlarning o‘zaro ishlashini tamnlaydi va ular
orasida axborot almashishni
amalga oshiradi.
Transport protokollari kompyuterlar orasida seansni amalga oshiradi va ular
orasidagi ishonchli ma’lumot almashishga kafolat beradi.
Tarmoq protokollari aloqa hizmatlarini ko‘rsatadi. Bu protokollar manzillash,
marshrutlash, hatolarni tekshirish va qayta yuborishni
amalga oshirish kabi
vazifalarni boshqaradi.