• Back
  • Auto Capture/play yoki Capture/Forward
  • OSI Model
  • 2 laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Protokollar. Arp va icmp protokollari Ishning maqsadi




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/11
    Sana14.02.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #156247
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-lab

     
    7- qadam. Cisco Packet Tracer simulyatsiya rejimini ishga tushurish uchun 
    ishchi hudud oynasi o’ng tomon quyisidagi
    ikonkasidan 
    foydalanamiz. Hodisalar oynasi ochiladi, unda hodisalar ro’yxati, filtrlash, 
    boshqaruv tugmalari mavjud. (2.6-rasm.) Filtrlash bandida ko’rilayotgan 
    protokollar ro’yhatini qoldirib, protokollar paketining barcha imkoniyatlarini 
    kuzatish mumkin. 
    Boshqaruvchi tugmalar:
    - Back – orqaga;
    - Auto Capture/Play – Avtotutgich (Автозахват)/Namoyish etish 
    (воспроизведение), paketlarni manbadan qabul qiluvchiga qadar avtomatik tutib 
    qolish va aksincha;
    Capture/Forward – Tutgich (Захват)/Oldinga (Вперед), faqat bir qurilmadan 
    boshqasiga paketlarni tutish. 
    Bu laboratoriya ishida ikki turli ARP va ICMP paketlar qo’llanilishi kerak, 
    shuning uchun filtrlarni faqat ularga moslab qo’yish kerak. (2.6-rasm):
    1. Edit Filters tugmasini bosib – filtrlarni o’zgartiramiz.
    2. ARP va ICMP dan boshqa barcha filtr belgilarini o’chiramiz.
    3. Filtrasiya to’g’ri bajarilganligiga ishonch hosil tekshirib qilamiz.
     


    2.6- rasm. ARP va ICMP protokollariga filtrlarni qo’shish 
    ARP va ICMP protokollarining ikkita paketini manba qurilmasida 
    shakllantiradi. (2.7-rasm.) Host boshqa host bilan bog’lanishida ARP-so’rovi 
    hamma vaqt kerak. 
    Auto Capture/play yoki Capture/Forward tugmalarini bosamiz. Bu oxirgi 
    buyruq paketlarning qurilmadan qurilmaga bo’lgan harakatini mustaqil boshqarish 
    imkonini beradi. ARP protokoli dastlab jo’natishda ko’rinib turibdiki, 192.168.3.3 
    host ARP-jadvali bo’sh va ping-so’rovini kimga jo’natilishi ham noma’lum. Paket-
    konvertni bosing va OSI Model bo’limidan OSI modelining qaysi darajalari 
    faoliyatda ekanligini ko’zdan kechiring. (2.8-rasm.) Inbound PDU Details bo’limiga 
    o’ting va paket tuzilmasi bilan tarnishing. 
    2.7-rasm. Ishchi hududning ko’rinishi. 


    2.8-rasm. ARP-so’rovi paketi formati 
    192.168.3.3 tuguni so’rov tuzadi va keng ko’lamli xabarlar sifatida barcha 
    tarmoqosti hostlariga jo’natadi.
    IP-manzilni aniqroq belgilash kerakki, qabul qiluvchi tomon javob bera olishi 
    uchun so’rov jo’natuvchining IP-manzil va MAC-manzilidan tashkil topadi. Jarayonni 
    ko’zdan kechirib ARP-so’roviga faqat 192.168.3.5 host javob berishini ishonch hosil 
    qiling. Tarmoqostidagi har bir host so’rovni qabul qiladi va o’zining IP-manziliga 
    mosligini tekshiradi. Agar u so’rovdagi ko’rsatilgan manzilga mos kelmasa u holda 
    so’rov e’tiborga olinmaydi. Kelgusidagi 192.168.3.3 host ARP-javob paketining 
    mazmunini ko’rib chiqing va qayd eting. (2.9-rasm.) Demak, 192.168.3.5 tuguni 
    ARP-javobni qabul qiluvchiga jo’natdi, u Target MAC hududida ko’rsatilgan MAC-
    manzilini qo’lladi.
    2.9 -rasm. ARP-javob paketi formati 
    Kelgusida ping-so’rovning ICMP-xabari jo’natiladi. Sichqoncha bilan paket-
    konvertni belgilang, paketning mazmunini ko’rib chiqing va qayd eting. 


    Tugunlarning fizik manzillari ma’lum. Manbaning(jo’natuvchi) IP-manzili -
    192.168.3.3. Exo-so’rovi - ICMP-xabar turi -8. (2.10-rasm.). 192.168.3.5 hostga 
    so’rov kommutator orqali o’tadi. 
    2.10-rasm. Exo-so’rovi – ICMP paketi formati 
    192.168.3.3 hostiga kiruvchi ping-javobning mazmunini ko’rib qayd qiling. 
    (2.11-rasm.). 
    2.11-rasm. Exo-javobi – ICMP paketi formati 

    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Protokollar. Arp va icmp protokollari Ishning maqsadi

    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish