2-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Reja




Download 34,19 Kb.
bet3/10
Sana12.02.2024
Hajmi34,19 Kb.
#155040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Re-fayllar.org

BNC T-konnektor. Kompyuterni asosiy magistralga ulash uchun ishlatiladi.
Uning konstruktsiyasi uchta razyomdan iborat, ulardan biri razyomni tarmoq
kartasiga, qolgan ikkitasi magistrallarning ikki oxirini ulash uchun xizmat qiladi (2.3-
rasm).
2.3-rasm. BNC T-konnektor
Eng ko’p uchraydigan kabel – bu mis o’rama juft kabelidir. U signallarni
elektr signallar yordamida uzatadi. O’z nomidan kelib chiqib, ushbu kabel bir-biridan
izolyatsiyalangan bir nechta juft o’ralgan o’tkazgichlardan foydalanadi. Simlarni
o’rash tashqi manbalar elektromagnit maydon ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
Bugungi kunda eng ommaviy kabellar 5 va undan yuqori kategoriyali kabellardir.
Aynan ushbu kategoriyalardan boshlab juft o’tkazgichalar har xil intensivlik bilan
o’raladi, bu simlarning o’zaro ta’siri va bir biriga xalaqit berishini kamaytirish
imkonini beradi. O’rama juft ekranlashgan va ekranlashmagan bo’ladi. Agar kabel
markirovkasi U harfidan boshlansa, bu kabel ekranlashmaganligini bildiradi. S



29
harfidan boshlansa, bu ekran sifatida simli o’ram ishlatilayotganini anglatadi, agar F


harfidan boshlansa ekran sifatida folgadan foydalanilganligini anglatadi.
U/UTP (Unshielded Twisted Pair) markirovkasi – bu oddiy ekransiz o’rama
juft. Masalan, F/UTP (Shielded Twisted Pair) kabel folga bilan ekranlashganini, lekin
o’ralgan o’tkazgichlarning o’zi ekranlashmaganini anglatadi. Ya’ni birinchi harf
kabelning umumiy ekranini, “/” belgisidan keyingisi esa o’tkazgichlarning
o’zilarining ekranlashganini ko’rsatadi. F/FTP markirovkasi har bir juft folga bilan
ekranlashganini va qo’shimchasiga barcha juftlar folgali ekran bilan o’ralganini
anglatadi (2.4-rasm).
2.4-rasm. Kabel markirovkalari.
Agar kabelning kategoriyasi qanchalik yuqori uning bo’lsa uzatish tezligi va
o’tkazuvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Quyida kabel kategoriyasining tezlikka
va o’tkazuvchanligiga bog’liqligi bo’yicha qisqacha ma’lumot keltirilgan.

Download 34,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 34,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Reja

Download 34,19 Kb.