27
Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga oladi:
802.1 - Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish;
802.2 -
Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni
boshqarish;
802.3 - Ethernet CSMA /
CD kirish usuli bilan;
802.4 - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar;
802.5 - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar;
802.6 - Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network;
802.7 - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish bo'yicha
texnik maslahat guruhi;
802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun
texnik maslahat guruhi;
802.9 - Integrated Voice and data Networks
- integrallashgan ovozli va
ma'lumotlar tarmoqlari;
802.10 - Network Security - tarmoq xavfsizligi;
802.11 - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar;
802.12 -
Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli
kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar.
Lokal tarmoqlarning rivojlanish vaqtida tarmoq kabellarining yetarlicha ko’p
turlari paydo bo’ldi va ularning barchasi standartlar talablarining natijasidir. Ularning
ba’zilari tarixda qoldi, ba’zilari esa endi qo’llanilmoqda va ular tufayli biz o’zimizga
kerakli bo’lgan yuqori tezlikda ma’lumotlar almashish imkoniyatiga egamiz.
Kompyuter tarmoqlarida eng ko’p qo’llaniladigan kabellar:
koaksial kabel,
o’rama juft kabeli va optik tolali kabellardir.
Koaksial kabel – tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan eng dastlabki
o’tkazgichlardan biri. Koaksial kabel qalin izolyatiya bilan o’ralgan
markaziy
o’tkazgich, misli yoki alyuminli o’ram va tashqi izolyatsiya qobig’idan tashkil topgan
(2.1-rasm).
28
2.1-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi.
Koaksial kabellar bilan ishlash uchun turli tipdagi bir qancha razyomlar
qo’llaniladi.
BNC-konnektor. Kabelning oxiriga o’rnatiladi
va T-konnektorga va barrel
konnektorga ulash uchun xizmat qiladi (2.2-rasm).
2.2-rasm. BNC-konnektor