Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash




Download 110.48 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2023
Hajmi110.48 Kb.
#43780
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu-sirtqi-8-smestr

Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash
Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash bilan to‘laroq tanishish uchun tranformatorning ikkita element - transformator qarshiligi va ideal transformator ko‘rinishida tasvirlangan almashtirish sxemasidan foydalanamiz (21.2-rasm). 21.2-rasmda Quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: U1 - ta’minlash markazi shinasidagi kuchlanish; U2yu - tuman nimstansiyasining birlamchi shinasidagi (YUK)dagi kuchlanish;
U2q -tuman nimstansiyasi ikkilamchi kuchlanish shinasi (QK)dagi kuchlanish; U3- is’temolchilardagi kuchlanish.
Tuman nimstansiyasi YUK shinasidagi kuchlanish
U2yu=U1-U12
YUK va QK shinalaridagi kuchlanishlar transformatordagi kuchlanish isrofi Ut ga farq qiladi va bundan tashqari ideal transformatorda kuchlanish trasformatsiyalash koeffitsientiga mos ravishda pasaytiriladi. Bu pasaytirilish transformatorning rostlovchi shaxobchasini tanlashda hisobga olinishi lozim.
21.2,b-rasmda ikkita holat – eng kichik va eng katta yuklama holatlari uchun kuchlanishning o‘zgarish grafiklari tasvirlangan. Bunda ordinata o‘qi bo‘yicha kuchlanish og‘ishining nominal kuchlanishga nisbatan foizlardagi qiymatlari joylashtirilgan.
21.2,b-rasmdan ko‘rinadiki (shtrix chiziqlar), nt=1 bo‘lganda eng kichik yuklamalar holatida is’temolchilardagi kuchlanishlar ruxsat etilganidan yuqori, eng yuqori yuklamalar holatida esa ruxsat etilganidan past (ya’ni kuchlanish og‘ishlari ruxsat etilganidan katta).


21.2-rasm. Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash:


a- almashtirish sxemasi; b- kuchlanishlar epyurasi.
Bunda QK tarmog‘iga ulangan qabul qilgichlar (masalan, A va V nuqtalarda) ruxsat etilmagan sharoitlarda ishlaydi. U2q ni tuman nimstansiyasi transformatorining transformatsiyalash koeffitsienti ntni almashtirish orqali o‘zgartiramiz, ya’ni kuchlanishni rostlaymiz (12.2,b-rasmdagi uzluksiz chiziq).
Eng kichik yuklama sharoitlarida U2q imkoni boricha Un ga yaqin qiymatgacha kamaytiriladi. Bu holatda ntning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin:
U2q. ekich Un (21.1)
Eng kichik yuklamalar holatida U2q ni 1,05-1,1 Un ga imkoni boricha yaqinroq qiymatgacha orttiriladi. Bu holatda ntning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin:
U2q. ekat.(1,051,1)Un . (21.2)
SHunday qilib, ta’minlash markazidan uzoqdagi Vva unga yaqindagi A nuqtalardagi is’temolchilardagi kuchlanishlar ruxsat etilgan chegraga kiritiladi. Eng katta va eng kichik yuklama holatidagi bunday rostlashda kuchlanish mos ravishda oshiriladi va pasaytiriladi. SHu sababli bunday rostlashni qarama-qarshi rostlash deb ataladi.

Download 110.48 Kb.
1   2   3   4




Download 110.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash

Download 110.48 Kb.