Elektr stansiyalarda kuchlanishni rostlash




Download 110.48 Kb.
bet3/4
Sana28.02.2023
Hajmi110.48 Kb.
#43780
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu-sirtqi-8-smestr

Elektr stansiyalarda kuchlanishni rostlash
Generatorlar kuchlanishlarini ularning qo‘zg‘atish tokini rostlash orqali o‘zgartirish mumkin. Generator aktiv quvvatini o‘zgartirmasdan turib kuchlanishni faqat 0,05Un.g chegarada, ya’ni 0,95Un.g dan 1,05Un.g gacha o‘zgartirish mumkin.
Un.g=6 kV bo‘lganda generatorning nominal kuchlanishi Un.g=6,3 kV va rostlash diapazoni 6-6,6 kV bo‘ladi. Un.g=10 kV bo‘lganda generatorning nominal kuchlanishi Un.g=10,5 kV va rostlash diapazoni 10-11 kV bo‘ladi.
Generator chiqishidagi kuchlanishning nominaldan 5% dan ko‘p miqdorga og‘ishi uning quvvatini kamaytirishni talab etadi. Kuchlanishni rostlashning bu diapazoni mutlaqo etarli emas. Buni aniqroq ko‘rib chiqamiz.
Transformatsiyalashning har bir pog‘onasida kuchlanish isrofi nisbiy birlikda
U*t0,1S*t,
bu erda S*t =St/Sn - transformatorning nisbiy birlikdagi quvvati.
Uch-to‘rt transformatsiyada tarmoqdagi kuchlanish isrofi (0,3-0,4)S*t bo‘ladi. Agar P*ekat=1 va P*ekich=0,4 deb qabul qilsak, unda eng katta va eng kichik yuklama holatlarida kuchlanish mos ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
Uekat%  30  40%, Uekich%  12 16 %.
Bundan ko‘rinadiki, is’temolchida kuchlanishning o‘zgarish diapazoni
Uekat% - Uekich%  18 24%.
SHu sababli generatorda kuchlanishni rostlash diapazoni 10% aniq etarli emas.
Elektr stansiyalarining generatorlari ikkita sababga ko‘ra rostlashning faqat yordamchi vositasigina hisoblanadi: 1) generatorlar yordamida kuchlanishni rostlash diapazoni etarli emas. 2) uzoq va yaqin masofada joylashgan iste’molchilarga kuchlanishga bo‘lgan talabni mostlashtirish qiyin.
YA’gona rostlash vositasi sifatida generatorlar faqat stansiya – tarqalmagan yuklama ko‘rinishidagi sodda sistema holatida qo‘llaniladi. Bunday holatda sanoat korxonalari izolyasiyalangan sharoitda ishlovchi elektr stansiyalarining shinalarida kuchlanishni qarama-qarshi rostlash amalga oshiriladi. Generatorlar qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish orqali maksimal yuklama soatlarida kuchlanish oshiriladi va minimal yuklama soatlarida pasaytiriladi.
Elektr stansiyalarida YUK chulg‘ami nominal kuchlanishi Uyu.n= 110 kV bo‘lgan TDS/110 va YUK chulg‘ami nominal kuchlanishi Uyu.n =220 kV bo‘lgan bir qism TDS/220 oshiruvchi transformatorlar, generatorlar singari, kuchlanishni rostlashning yordamchi vositalari sanaladi. CHunki ular ham 2x2,5%Uyu.nkuchlanishni rostlash chegarasiga esa va ular yordamida uzoq va yaqinda joylashgan is’temolchilarda kuchlanish bo‘yicha talabni moslashtirish mumkin emas. Uyu.n= 150, 330 - 750 kV bo‘lgan TS va TDS tipdagi oshiruvchi transformatorlar kuchlanishni rostlash qurilmalarisiz ishlab chiqariladi. SHu sababli kuchlanishni rostlashning asosiy vositasi bo‘lib tuman nimstansiyalarining transformator va avtotransformatorlari hisoblanadi.

Download 110.48 Kb.
1   2   3   4




Download 110.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr stansiyalarda kuchlanishni rostlash

Download 110.48 Kb.