O`zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati




Download 26.39 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi26.39 Kb.
#74337
1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza
2-modil algoritm, 123132sd2323213321, KICHIK VA O’RTA GURUHLARDA QURILISH VA KOSTRUKSIYALASH BO’YICHA FAOLIYATLARNI LOYHALASHTIRISAH, KICHIK GURUH BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH, 4-amaliy m-t VE, KURS LOYIHASI, django

2.2. O`zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati.


Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab chiqishdir.
Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan hujjatlarning yagona tizimini tashkil qilish;

  • yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish;

  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini ishlab chiqish;

  • sertifikatlashtirish uchun o‘tkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari);

  • sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan o‘zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash.

Sertifikatlashtirish milliy tizimi O‘zbekiston Respublikasining qonuniy va me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi faoliyat turlari olib boriladi:

  • Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish;

  • Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish;

  • Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish;

  • Yuqoridagi keltirib o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatlash kabi faolit turlarini yuritadi.

Bundan tashkari hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Akkreditlash tizimi ham mavjud bo‘lib u quyidagi faoliyat turlarini olib boradi:

  • Sinash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditlash;

  • Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarni akkreditlash;

  • Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlash;

  • Tekshirish idoralarini akkreditlash;

  • Sertifikatlashtirilgan mahsulot, sertifikatlash-tirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar, akkreditlangan idoralar va sinash laboratoriyalari (markazlari)ni inspeksion tekshirish;

O‘zbekiston Sertifikatlashtirish Milliy Tizimi sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi chet davlatlar tizimi va tashkilotlar, hamda shaxslar uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalarini tan olish sharti bilan ochiq deb hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning quyidagi talablarga muvofiqligini yoki nomuvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ish olib boradi:

  • Davlatlararo standartlarga (MHD – mustaqil hamdo‘stlik davlatlari);

  • Mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan va rasman nashr qilingan me’yoriy hujjatlarga (keyinchalik MH);

  • O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimiga Sertifikatlashtirish Idorasi sifatida a’zo bo‘lgan sertifikatlashtirish tizimlari doirasidagi xalqaro va milliy chet el standartlariga.

O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi tizimlar bilan o‘zaro bog‘lanishda faoliyat olib boradi:

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi (O‘z DST);

  • O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi (O‘z O‘DT);

  • O‘zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimi (O‘z AT);

  • MDH davlatlarining sertifikatlashtirish milliy tizimlari, shuningdek, bu ishni boshqarish uchun maxsus huquqga ega bo‘lgan davlat boshqaruv idoralari boshchiligida faoliyat ko‘rsatayotgan muvofiqlikni tekshiruvchi boshqa tizimlar (Davtog‘kontexnazorati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasining Qurilish vazirligi) bilan o‘zaro bog‘liqlikda faoliyatini olib boradi.

Download 26.39 Kb.
1   2




Download 26.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish faoliyati

Download 26.39 Kb.