• Strukturali yondashuvda
  • Evolyutsion yondashuvda
  • 3. Sun’iy intellekt tizimlarining tipik sxemasi va ulardan foydalanishning funksional strukturasi
  • Sun’iy intellekt tizimlarini qurishning turli yondashuvlari




    Download 0,97 Mb.
    bet4/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #160774
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2 ma\'ruza Sun’iy intellektning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi

    2. Sun’iy intellekt tizimlarini qurishning turli yondashuvlari
    Sun’iy intellekt tizim(SIT)larini qurishning turli yondashuvlari oldin ham bo’lgan va hozirgi vaqtda ham mavjud [1]. Shuni ta’kidlash joizki, sun’iy intellektni to’liq quradigan tizimlar oldin ham bo’jmagan va hozirgi davrda ham mavjud emas. Shuning uchun sun’iy intellektni quradishdagi yondashuvlarning qaysi biri to’g’ri va qaysi biri noto’g’ri ekanligini aniq aytish qiyin masalaligicha qolmoqda.

    1. SITlarini qurishning mantiqiy yondashuvini qaraymiz [1]. Mantiqiy model uchun asos sifatida Bul algebrasi xizmat qiladi. Har bir dasturchi IF operatorini o’rganganish jarayonida Bul algebrasi va mantiqiy operatorlar bilan tanishgan. Bul algebrasining rivojlanishi predmet belgilar, ular orasidagi munosabatlar, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlarini o’z ishiga olgan predikatlar mantiqi hisobiga kengaydi. Sun’iy intellektning har bir tizimining ishlashi asosan mantiqiy qoidalarga asoslangan. Bunga misol sifatida teoremalarni isbotlashni keltirish mumkin. (S_1)

    Teoremalarni isbotlashda boshlang’ich ma’lumotlar aksiomalar sifatida ma’lumotlar bazasida, ular orasidagi munosabatlar mantiqiy hulosalash qoidalari sifatida saqlanadi. Bundan tashqari, har bir mashinada maqsadlarni generatsiy qilish bloki mavjud bo’ladi va xulosalash tizimi ushbu maqsadlarni teoremalar ko’rinishda isbotlaydi.
    Mantiqiy modellar yondashvi imkoniyatlari noravshan (nechetkiy) mantiq yo’nalishning paydo bo’lishi bilan yanada kengaydi. Noravshan mantiqning mulohazalar va predikatlar mantiqidan farqli tomoni shundaki, bunda mulohazalar nafaqat ha/yo’q (bilaman-1/bilmayman-0) qiymatlar qabul qilaydi, balkim oraliq qiymatlar – o’rtacha bilaman (0.5), yaxshiroq bilaman (0.75), yomonroq bilaman (0.25) va h.k. qiymatlarni qabul qiladi. Bu yondashuv insonning fikrlash qobiliyatiga ko’proq o’xshaydi, chunki inson ko’p hollarda savollarga “ha” yoki “yo’q” deb javob bermaydi. (S_2)

    1. Strukturali yondashuvda [1] inson miyasining tuzilishini modellashtirish asosida SIni qurish masalalari qaraladi. Bunday modelni qurishga misol sifatida Rozenblatt pertseptronini keltirish mumkin. Ushbu pertseptronlarda modellashtiriladigan birliklar strukturasi sifatida neyronlardan foydalangan. (S_3)

    Keyinchalik yangi “neyron tarmoqlar” modellari paydo bo’ldi. Bu modellar alohida neyronlarni qurish, ular orasidagi aloqalarning tuzilish va o’rgatish algoritmlari bilan boshqalardan farq qiladi. Bunday modellarga misol sifatida xatoliklarni teskari tarqalishiga asoslangan neyron tarmoq(NT)lar, Hopfild NTlar va stoxastik NTlarini keltirish mumkin. Shuningdek, NTlar timsollarni anglash masalalarida ham keng miqyosda qo’llanilmoqda.

    1. Evolyutsion yondashuvda [1] SIni qurish masalalarida asosiy e’tibor boshlang’ich modellar va qoidalarni qurishga qaratiladi va undan keyin ular asosida SIni qurish evolyutsiyali (uzluksiz rivojlanish) shaklda rivojlanadi. Bu rivojlanish turli tipdagi usullarni o’z ichiga oluvchi yangi modellarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Masalan, NT lar modeli, mantiqiy qoidalar nabori va boshqa ixtiyoriy modellar bo’lishi mumkin. Bu modellar kompyuterga kiritilgandan so’ng, u usbu modellarni tekshirish asosida ular orasidan eng yaxshilarini tanlaydi va ularni generatsiya qilish natijasida yangi modellar hosil qilinadi, hosil qilingan yangi modellar orasidan eng yaxshisi tanlanadi va h.k. Shuni ta’kidalash joizki, evolyutsion modellar evolyutsion o’rgatuvchi algoritmlar ko’rinishida bo’ladi. (S_4)

    2. SIni qurish masalalarini echida imitatsiyali yondashuv ham keng miqiyosda qo’llaniladi [1]. By yondashuv kibernetika sohasidagi “qora quti” tushunchasi bilan uzviy bog’liq. “Qora quti” – kirish va chiqish signallarining vazifasi ma’lum bo’lgan, ichki strukturasi va mazmuni haqidagi axborotlar noma’lum bo’lgan ma’lumotlar majmuasi, dasturiy modul va qurilma. Obyektning xatti-xarakatini imitatsiy qilishni “Qora quti” misolida ko’rish mumkin. Bunda “Qora quti”ning, modelning tuzilishi va uning qanday boshqarilishi muhim emas, balki ushbu modelning o’zini tutishi boshqa vaziyatlarda ham o’zgarmasligi lozim. (S_5)

    Shunday qilib, imitatsiyali yondashuvda – insonning boshqalardan nusxa olish qobiliyati, ya’ni boshqalar nima qilayotgan bo’lsa, xuddi ularga o’xshab bajarishni amalga oshirish modellashtiriladi. Ko’p hollarda nusxa olish qobiliyati insonga biror ishni bajarishda vaqtni kam sarflashga olib keladi.
    SIni qurishning yuqorida keltirilgan yondashuvlari tahlilidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, amaliy masalalarni echishda ular orasida qat’iy chegara yo’q. Amaliyotda shunday msalalar uchraydiki, ularni echishda aralash tizimlardan foydalaniladi, ya’ni ularning bir qismini echishda ma’lum bir yondashuvga mos usullardan foydalanilsa, boshda qismini echishda boshqa yondashuga mos usullardan foydalaniladi. (S_6)

    3. Sun’iy intellekt tizimlarining tipik sxemasi va ulardan foydalanishning funksional strukturasi


    Sun’iy intellektning tipik sxemasini 3.1-rasmdagidek keltirish mumkin. (S_17)

    3.1-rasm. Sun’iy intellectning tipik sxemasi.


    Shuningdek, SI tizimlaridan predmet sohaga, masala tipiga va foydalanuvchiga moslashish nuqtai–nazaridan foydalanishning funksional strukturasini 3.2-rasmda keltirilgan. Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil topgan [2-4]. Birinchi majmua masalani samarali yechish nuqtai nazaridan loyihalangan dasturni bajaruvchi vositalar majmuidan tashkil topgan, ba’zi hollarda muammoli yo’nalishga ega. Ikkinchi majmua - keng doiradagi foydalanauvchilar talablariga tez moslashuvchi strukturaga ega bo’lgan intellektli interfeys vositalari majmui. Uchinchi vositalar majmui birinchi va ikkinchi majmuaning o’zaro aloqasini ta’minlaydigan BB hisoblanadi. Bajaruvchi tizim shakllangan dasturni bajarishni ta’minlaydigan barcha vositalar majmuini birlashtiradi. Intellektual interfeys – dasturiy va instrumrntal vositalar tizimi bo’lib, foydalanuvchilar uchun ularning kasbiy faoliyatida vujudga keladigan masalalarni echishda kompyuterni qo’llashni ta’minlaydi. BB – boshqa komponentalarga nisbatan markaziy o’rinni egallaydi. Chunki BB orqali masalani yechishda ishtirok etadigan hisoblash tizimlari vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi.


    BBga asoslangan tizimlar quyidagi intellektual algoritmlar bazasida amalga oshiriladi:
    ekspert tzimlar;
    ▪ neyron to’rlar;
    ▪ noaniq mantiq;
    ▪ genetik algoritmlar.


    2. Bilimlar bazasi

    moslashish moslashish
    Predmet sohaga moslashish
    3.2-rasm. SI tizimlarini qo’llashning funksional strukturasi. (S_18)



    Download 0,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellekt tizimlarini qurishning turli yondashuvlari

    Download 0,97 Mb.