• Siyosiy texnologiyalar.
  • Axborotlarni kiritish va ishlash.
  • Tajriba orttirish uchun misol va topshiriqlar.
  • Ishlab chaqarishni avtomatlashtirishda-




    Download 0,97 Mb.
    bet8/12
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #160774
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2 ma\'ruza Sun’iy intellektning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi

    Ishlab chaqarishni avtomatlashtirishda-ishlab chaqarish jarayonlari rejimlarini optimallashtirish, mahsulot sifatini kompleks tashxislash, avariyli holatlarni ogohlantirish, robototexnika kabi masalalar echiladi. Misol: Ford Motors kompaniyasining dvigatellarini neyrotizimli tashhislash.
    Siyosiy texnologiyalar. Bu sohada sotsiologik so’rovlarni tahlil qilish va umumlashtirish, reytinglarni tashhislashni oldindan aytish, muhim faktorlarni ajratib olish, aholining sotsial dinamikasini vizuallashtirish kabi masalalar echiladi. (S_9)
    Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari. Ushbu sohada shaxsni anglab olish, shaxs ovozini va yuzini tanib olish, avtomobillarning tartib raqamini tanib olish, aerokosmik rasmlarni tahlil qilish, axborot oqimlarni monitoring qilish, yasama(imzo, rasm, so’z, chek va h.k.)larni aniqlash kabi masalalar echiladi. Misol: yasama cheklarni aniqlash tizimi (Tearing up the Rules, Banking Technology, ноябрь 1993).
    Axborotlarni kiritish va ishlash. Ushbu sohada qo’lyozma cheklarni ishlash, imzolarni, barmoq izlarini va ovozlarni aniqlash, kompyuterga iqtisodiy va soliq xujjatlarini kiritish kabi masalalar echiladi. Misol: to’lov xujjatlarini va soliq deklaratsiyalarini avtomatik kiritish va anglab olish uchun Flex Read seriyali paketlar.
    Oxirgi yillarda alohida predmet sohaga taalluqli ma’lumotlarni intellektual tahlil qiluvchi dasturiy paketlar yaratildi. Bu paketlar tor doiradagi amaliy masalalarni yechishga moʻljallangan boʻlib, ularning algoritmik asosi sifatida neyron toʻrlar, yechuvchi daraxtlar, chegaralangan birma-bir tekshirish va boshqalar qoʻllaniladi [6,11].
    Rossiyada RASPOZNAVANIE dasturiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, undagi dasturlar bibliotekasi chiziqli, mantiqli, statistik, neyrotoʻrlar, bashoratlashning gibrid usullari, bashoratlash usullari, sinflash va pretsedentlardan bilimlarni olish, hamda bashoratlash va sinflashning uyushgan usullari bilan ta’minlangan [6-11]: (S_10)
    Bu tizim quyidagi tipdagi amaliy masalalarni yechishda qoʻllaniladi [6-11]:
    ▪ ijtimoiy soʻrovlar ma’lumotlarini qayta ishlash;
    ▪ mikroiqtisodiyot koʻrsatgichlarning oʻzgarishini bashoratlash;
    ▪ moliyaviy ma’lumotlar va moliyaviy koʻrsatgichlarni bashoratlash;
    ▪ korxonalvrning iqtisodiy koʻrsatgichlarini baholash;
    ▪ ekologik muammolarni bashoratlash;
    ▪ tibbiy tashxis qoʻyish;
    ▪ geologik masalalarni bashoratlash;
    ▪ yangi organik birlashmalarning xossalarini bashoratlash;
    ▪ biologik ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash;
    ▪ tasvirlarni oʻrganish va anglash.
    RASPOZNAVANIE tizimi tarkibiga kiruvchi dasturiy paketlar (PARK, OBRAZ, DISARO, LOREG va TaxonSearch) koʻplab amaliy masalalarni yechishda qoʻllanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan [6-11]: (S_11)
    Biznes va va moliya sohasida:
    ▪ kvartiralarning narxini baholash;
    ▪ kreditli kartochkalarni nazorat qilishda;
    ▪ harakatdagi obyektlarni anglashda.
    Tibbiyotda va sogʻliqni saqlash sohasida:
    ▪ aholini yoshi boʻyicha klasterlashda;
    ▪ koʻkrak rakini anglashda;
    ▪ insultga tashxis qoʻyish;
    ▪ yurak tomirlariga tashxis qoʻyish;
    ▪ sariq kasalligini bashoratlash;
    ▪ qandli diabet kasalligini bashoratlash; Texnik tashxis qoʻyish sohasida:
    ▪ dvigatellarning yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashda;
    ▪ texnik qurilmalarning holatini nazorat qilishda. Qishloq xoʻjaligi sohasida:
    ▪ ekin maydonlarining holatini aniqlashda;
    ▪ mevalarni oʻlchoviga qarab taxlashda. Geologiya sohasida:
    ▪ kam uchraydigan metallar va neft qazilmalarini anglash.
    ▪ foydali qazilmalarining holatini aniqlash. Tasvirlarni qayta ishlash sohasida:
    ▪ qoʻlyozma raqamlarni, harflarni va simvollarni anglash;
    ▪ shaxs imzolarini anglash;
    ▪ biometrik belgilar – barmoq izlari, qoʻl, yuz, quloq, koʻz tasvirlari anglash;
    ▪ tasvirlar ketma-ketligida dinamikani segmentlash va anglash.
    Exspert tizim(ET)lar – bu SI ning amaliy tizimlari bo’lib, ular biror bir predmet sohadagi exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan bilimlarga asoslanadi. ETlar exspertlar soni kam bo’lganda, masalani echishda etarli operativlik holati etishmaganda yoki exspertlar uchun havfli va sog’lig’iga zarar etkazuvchi sharoitlarda q’llaniladi. (S_12)
    ETlar yordamida echiladigan masalalar sinfiga quyidagilarni kiritish mumkin [2]: tashxislash, bashoratlash, anglash, boshqarish, loyihalash, monitoringlash. (S_13) ETlardan foydalaniladigan faoliyat sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin [2-4]: tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, mikroelektronika, radioelektronika, huquqshunoslik, iqtisod, ekologiya, geologiy (foydali qazilmalarni izlash), matematika. (S_14)
    Ishlab chiqarishda, harbiy sohada, informatikada, kompyuter tizimlarida, elektronikada keng va samarali qo`llanilayotgan ETlarga misollar [2-4]: (S_15)
    DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET;
    MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET;
    XCON – VAX 11 hisoblash komplekslarini loyihalashtiruvchi ET;
    MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET;

    PUFF – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET;
    MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET;
    YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni boshqaruvchi ET;
    PROSPECTOR – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET;
    POMME – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET;
    AIRPLANE – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET;
    ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni rejalashtiradigan ET;
    MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET;
    MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish uchun ET;

    NetWizard – lokal tizimlarni loyihalovchi ET;
    ACES - xaritada o`zgarish kiritish bo`yicha kartografik ishlarni amalga oshiradigan ET;
    ASTA - analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga yordam beradigan ET;
    DART- raqiblarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va aloqalarining razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashadigan ET;
    HANNIBAL- raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni amalga oshiradigan ET;
    I&W - razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va qaerda bo`lishini bashorat qilishida yordamlashadigan ET;
    RUBRIC – foydalanuvchiga formatlanmagan matnlarni o`zida mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradigan ET;
    CODES – MBni ishlab chiquvchi mutaxassisga, MBning kontseptual sxemasini aniqlash uchun IDEF1 yondashuvni qo`llashni istayotgan mutaxassisga yordamlashadigan ET;
    MIXER - Texas Instruments SBIS TI990 uchun ishlab chiqilgan mikrodasturlarni yozishda dasturchilarga ko`maklashadigan ET;
    ACE - telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlashda, uni sozlash va tiklash chora tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradigan ET.
    Vatanimizda Norma kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ETlari:
    Amaliy buxgalteriya ET;
    Kichik korxona elektron buxgalteriya ET;

    Amaliy soliq to`lovlari ET;
    «A» dan «Ya»gacha tekshiruv ET;
    Kadrlar bo`yicha maslahatchi ET;
    Soliqlar: savollar va javoblar ET;
    Eksport-import operatsiyalari ET;
    Tashkilot yuristi ET;
    Qurilish ET;
    Kichik korxona: hisob, soliq, huquq ET; Aqlli bichish-tikish ET; Mohir taxlam ET.
    SITlari kelajakda qishloq xo`jaligida – ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishi, daraxtlarni kesishi va tanlash xususiyatiga asoslanib parvarishlashni ta’minlashi; tog` sanoatida – insonlar uchun o`ta xavfli bo`lgan sharoitlarda ishlashi; ishlab chiqarishda – yig`ish va texnik nazoratning turli xil masalalarini bajarishi; tashkilotlarda – jamoa va alohida xodimlar uchun jadval tuzishi, yangiliklar haqida qisqacha ma’lumot berish bilan shug`ullanishi; o`quv yurtlarida – talabalar yechadigan masalalarni ko`rish, undagi xatolarni izlash va ularni bartaraf qilish masalarini hal qilishi, talabalarni hisoblash tizimlarining xotirasida saqlanadigan superdarsliklar bilan ta’minlashlari; kasalxonalarda – be’morlarga tashxis qo`yish, ularni kerakli bo`limga yuborish va davolash davomida ularga maslahatlar berishi va nazorat qilishi; uy ishlarida – ovqat tayyorlash, mahsulot harid qilish bo`yicha maslahatlar berishi, uyning va bog`dagi gazonlarning holatini nazorat qilish kabi masalalarni amalga oshirishi lozim [11-13]. (S_16)
    Kasalxonalarda hisoblash mashina(HM)lari be’morlarga tashxis qo`yish, ularni kerakli bo`limga yuborish va davolash davomida ularni nazorat qilishlari kerak. Uy ishlarida HMlari ovqat tayyorlash, mahsulot harid qilish bo`yicha maslahatlar berish, uyning va bog`dagi gazonlarning holatini nazorat qilishi kerak. Albatta ayni vaqtda bularning hech qaysisini amalga oshirish imkoni yo`q, lekin SI sohasidagi tadqiqotlar ularni amalga oshirish imkonini berishi mumkin.
    SITlarining kelajakdagi vaqtli taqvimi 3.3-rasmda keltirilgan.

    3.2-rasm. Sun’iy intellektning kelajakdagi vaqtli taqvimi. Tajriba orttirish uchun misol va topshiriqlar.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chaqarishni avtomatlashtirishda-

    Download 0,97 Mb.