-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)
2-maruza
Tayanch so‘zlar: Ekskursiya, ekskursiya maqsadi, ekskursiya vazifasi, ekskursiya ob’yekti, ekskursiyaga tayyorgarlik, ekskursiyani o‘tkazish va yakunlash Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi. Ekskursiyaning maqsad va vazifalari. Texnologiya ta’limi bo‘yicha o‘quv dasturida ko‘rsatilganidek, ekskursiya soati ajratilgan o‘quv fanlarining har birida ishlab chiqarishga bir martadan ekskursiya o‘tkazish nazarda tutiladi. Ekskursiyalar o‘tkazishdan maqsad avvalo o‘quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qilishdir. Zero, o‘quv ustaxonalari sharoitida o‘quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Shunga ko‘ra aytish mumkinki, ekskursiya - o‘quvchilarni zamonaviy texnika, texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarish tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yo‘lidir. Ekskursiya anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, ”mehnat unumdorligi” tushunchasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha o‘quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan ekskursiyadagi kabi mustahkam o‘zlashtirilmaydi. Ular rejalashni to‘g‘ri bajarish va birikadigan detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat unumdorligini oshirishda murakkab tikuvchilik yo‘llaridan biri bilan tanishish o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi. Shu tariqa tikuv materiallarini qayta ishlash korxonasining tayyorlov tsexiga o’tkazilgan ekskursiya davomida, o‘quvchilar ‘har xil mashinalarning ishlashini, tikuv materiallarining qirqilishini ko‘rayotganlarida ularning mehnat unumdorligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Bolalar ekskursiyada baravar vaqt mobaynida qo‘llariga nisbatan mexanik qaychi bilan ancha ko‘p ish bajarish mumkinligini bevosita ko’radilar. Ana shu misol orqali mehnat unumdorligini oshirishning ayrim yo‘llarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, qo‘l qaychi o‘rniga mexanizatsiyalashtirilgan qaychidan foydalanish qo‘l mehnati o’rnini mexanizatsiyalashgan mehnat egallashining namunalaridan biridir, mehnat unumdorligining oshirilishi esa ishda bir yo‘la bir necha asbobdan foydalanishga 301 misol bo‘la oladi. Mehnat unumdorligini oshirish nuqtai nazaridan qaychilash jarayonini ta‘riflashda o‘quvchilarga mustaqil holda bir necha misollar keltirishni tavsiya etish ma‘qul. Ular ilgari o’rganilgan materiallarni: qo‘l va elektr mashinalar bilan tikish, qo‘lda va mashinalarda averloglash, qo‘l va mexanik qaychilarda qirqish va hokazolarni eslasalar mazkur topshiriqni bajaradilar. 28.2. Ekskursiya ob’yektini tanlash Bu ish ekskursiya ob’yektini tanlashdan boshlanadi. Ob’yektni tanlash ekskursiya jarayonida qo’yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan, o‘quvchilar kasb-hunar kollejining birinchi kursida tikuv materiallarini qirqish ishlarini bajaradilar (taxta tiladigan korxonalarga ekskursiya uyushtirib, o‘quvchilarni tikuv materiallari qirqish bilan tanishtirish mumkin) ; 2-kursda materiallarga ishlov berish o‘rganilgandan so‘ng asosiy ta’limiy vazifa o‘quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ladi (tabiiyki, bunday payitda ekskursiya uchun avtomat liniya yoki alohida avtomat mashinalar mavjud ob‘ekt tanlanishi kerak). Ekskursiya ob‘ektlarini tanlashda qishloq joylarida kasb ta’limi o‘qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning o‘zida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda kasb ta’limi o‘qituvchisi ekskursiyalar mazmunan takrorlanmasligi va ularga o‘quvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan ustaxonalarda ta’lim berishning butun davri uchun o‘tkaziladigan ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi. O‘qituvchi ekskursiya uchun ob’yekt tanlagach korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va ekskursiyani kam o‘tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani o‘qituvchining o‘zi o‘tkazsa, eng ko‘p ta’limiy samaraga erishiladi. Chunki o‘qituvchi mana shu tadbirning ta’lmiy vazifalarini, o‘quvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hammasi unga ishni aniq olib borish, o‘quvchilarning diqqat - e’tiborini ular uchun eng muhim hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir kasb ta’limi o‘qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida o‘tkaziladigan ekskursiyalarni boshqarishga tayyorlangan, deb bo‘lmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani korxonaning xodimi o‘tkazib, o‘qituvchi unga avval ekskursiyaning vazifalvrini tushuntiradi. Texnologiya fani o‘qituvchisi ekskursovod bilan birgalikda ekskursiyaning marshrutini va o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan ob’yektni belgilaydi. Bunda o‘quvchilar uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beriladi. O‘qituvchi ekskursovod bilan birgalikda o‘quvchilarning korxona territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash ularni tsexga qanday joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi. O‘qituvchi ekskursiya vaqtida o‘quvchilarning aktivligini oshirish uchun ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo‘lishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar bo‘yicha detal zagatovkasining eskizini tayyorlashdan, qo‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi ekskursiyalarni kasb ta’lim o‘qituvchisi boshqa fan o‘qituvchilari, xususan fizika o‘qituvchisi bilan birgalikda o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda ekskursiya vaqti uzaytiriladi va o‘rganish ob’yekti ancha chuqurlashadi hamda ko‘p qirrali bo‘ladi. 28.3. Ekskursiyaga tayyorgarlik Ekskursiyaga tayyorlanish. Bu ish ekskursiya ob’yektini tanlashdan boshlanadi. Ob’yektni tanlash ekskursiya jarayonida qo‘yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan, o‘quvchilar kasb-hunar kollejining birinchi kursida tikuv materiallarini qirqish ishlarini bajaradilar (taxta tiladigan korxonalarga ekskursiya uyushtirib, o‘quvchilarni tikuv materiallari qirqish bilan tanishtirish mumkin) ; 2- kursda materiallarga ishlov berish o‘rganilgandan so‘ng asosiy ta‘limiy vazifa o‘quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ladi (tabiiyki, bunday payitda ekskursiya uchun avtomat liniya yoki alohida avtomat mashinalar mavjud ob’yekt tanlanishi kerak). Ekskursiya ob’yektlarini tanlashda qishloq joylarida texnologiya ta’limi o‘qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning ustiga ba’zan hamma ekskursiyalarni bitta korxonaning o‘zida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda kasb ta‘limi o‘qituvchisi ekskursiyalar mazmunan takrorlanmasligi va ularga o‘quvchilarning qiziqishi susaymasligi uchun oldindan ustaxonalarda ta‘lim berishning butun davri uchun o‘tkaziladigan ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi. O‘qituvchi ekskursiya uchun ob’yekt tanlagach korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va ekskursiyani kam o‘tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani o‘qituvchining o‘zi o‘tkazsa, eng ko‘p ta‘limiy samaraga erishiladi. Chunki o‘qituvchi mana shu tadbirning ta‘lmiy vazifalarini, o‘quvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hammasi unga ishni aniq olib borish, o‘quvchilarning diqqat – e’tiborini ular uchun eng muhim hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir kasb ta’limi o‘qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida o‘tkaziladigan ekskursiyalarni boshqarishga tayyorlangan, deb bo‘lmaydi. Ana shunday hollarda ekskursiyani korxonaning xodimi o‘tkazib, o‘qituvchi unga avval ekskursiyaning vazifalvrini tushuntiradi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi ekskursovod bilan birgalikda ekskursiyaning marshrutini va o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan ob’yyektni belgilaydi. Bunda o‘quvchilar uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor beriladi. O‘qituvchi ekskursovod bilan birgalikda o‘quvchilarning korxona territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash ularni tsexga qanday joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi. O‘qituvchi ekskursiya vaqtida o‘quvchilarning aktivligini oshirish uchun ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo‘lishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar bo‘yicha detal zagatovkasining eskizini tayyorlashdan, qo‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bo‘lishi mumkin. 28.4. Ekskursiyani o‘tkazish va yakunlash Ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasida quyidagi asosiy masalalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: ekskursiyaga tayyorlanish, ekskursiyani o‘tkazish va uni yakunlash. Bularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Ekskursiyani o‘tkazish. Odatda ekskursiya qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanib, unda o‘quvchilarga korxonaning mazkur iqtisodiy rayon va umuman xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati yoritiladi. O‘quvchilar korxonaning mahsulotlari bilan ham tanishadilar, suhbatni tehnika kabinetida yoki korxonaning tarixi, yutuq va an‘analarini ifodalovchi stendlar bilan jihozlangan qizil burchakda o‘tkazish eng qulaydir. O‘qituvchi suhbat oxirida o‘quvchilarga korxona territoriyasidagi hatti - harakat qoidalarini tushuntiradi va individual topshiriqlar berib, ularning qanday bajarilgani tekshirilishini aytadi. Ekskursiya ta’limiy vazifalarga bog‘liq holda o‘tadi. Masalan, o‘quvchilar korxonaga texnologik jarayon bilan tanishish uchun kelsalar, tayyorlash tsexlaridan boshlab to yig‘ish tsexlarigacha, biror xarakterli detalni ishlashning hamma jarayonini kuzatadilar. Shu tariqa ular asta sekin bir tsexdan ikkinchi tsexga o‘tib, umuman korxonaning ishini bilib oladilar. Bunda o’qituvchi har xil texnologik jarayonlarning tipik tomonlarini alohida ta’kidlaydi2 . Natijada o‘quvchilar faqat mazkur korxonaga xos texnologik jarayon haqida emas, balki boshqa korxonalardagi shunga o‘xshash jarayonlar haqidagi tushunchaga ega bo‘ladilar. Ikkinchi misol. O‘quvchilar muayyan ishlab chiqarish jihozining tuzilishi va ishi bilan tanishishlari kerak. Bunday hollarda kuzatish uchun ob’yektlar shunday tanlanadiki, o‘quvchilar jihozlar atrofida ishchiga xalaqt bermaydigan, o‘zlariga hamma narsa ko‘rinib turadigan holda joylashadilar. O‘quvchilar kuzatishni ma’lum miqdorda malga oshirish uchun ularga og‘zaki yoki yozma javob qaytariladigan konkret topshiriqlar beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida aylanib yurib, ular topshiriqni to‘g‘ri tushungan - tushunmaganini va uni qanday bajarayotganliklarini tekshiradi. Ekskursiya natijalarini yakunlash Ekskursiya uning natijalarini yakunlash bilan tugaydi. Ko‘pincha mehnat o‘qituvchisi ekskursiya tugagach o‘quvchilar bilan birga texnika kabineti yoki qizil burchakka qaytadi va ular topshiriqni qay tarzda bajara olganini, buning uchun kerakli material to‘plagan-to‘plamaganini aniqlaydi. Shundan so‘ng yozma hisobotlarni topshirish yoki ustaxonalardigi mashg‘ulotlarda yakunlovchi suhbat o‘tkazish vaqtini belgilaydi. O‘quvchilarning ekskursiyada olgan bilimlaridan o‘qituvchi keyinroq, masalan, maktab ustaxonalaridagi va hozirgi sanoat korxonalaridagi ish sharoitlarini taqqoslashda foydalanishi mumkin. Ma’lumki, bunday taqqoslash o‘quvchilarda materiallarni qayta ishlashning progressiv, yuqori unumli usullari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishdari uchun o‘tkaziladi. Kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun to‘laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan, o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini dars jarayonida shakllantirishga bir qadar e’tibor qaratilayotgan bir davrda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yo‘naltirilgan etarlicha o‘z aksini topmay kelmoqda. Ekskursiyalar ta’lim-tarbiya, ko‘rgazmali o‘qitishda keng qo‘llaniladigan mashg‘ulot shakllaridan biri sanaladi. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda muzeylarga, ishlab chiqarish korxonalariga, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid fermalar va dalalarga, qurilish maydonlariga, firmalarga uyushtiriladigan ekskursiyalardan keng foydalaniladi. Ekskursiyalarni amalda oshirishda mehnat tarbiyasiga oid samaraga erishish uchun avvalo ta’lim muhitini bevosita buyumlarni amalda ko‘rish, ular bilan amaliy ish bajarish sharoitiga erishish lozim bo‘ladi. Buning uchun odatda o‘quv muasssasiga yaqin masofada joylashgan ob’yektlar tanlab olinadi. Muzeylarga uyushtiriladigan ekskursiyalar ham bu borada yuqori samaraga erishish imkonini yaratuvchi shakllardan biri sanaladi. Muzeylarda turlicha eksponatlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi, jumladan tarixiy hujjatlar, asl buyumlar, Vatan himoyachilari va turli mehnat sohasiga oid ishchilarning shaxsiy buyumlari, turli maqolalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Nazorat uchun savollar: 1. Ekskursiyaning maqsad va vazifalari nimadan iborat? 2. Texnologiya fanida ekskursiyalar qanday amalga oshiriladi? 3. Ekskursiya ob’yektlari kim tomonidan tanlanadi? 4. Ekskursiyaga tayyorgarlik jarayonlari qanday amalga oshiriladi? 5. Ekskursiya qanaqa vazifalarga bog‘liq holda o’tkaziladi? 6. Ekskursiyani yakunlash ishlari haqida tushunchangizni ayting. Download 76,5 Kb.
|