Istalgan nomonoxramatik yorug‘lik to‘lqinlarini bir-birini o‘rnini oladigan, bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan garmonik tizimlar majmuasidan iborat, deb hisoblash mumkin. Bir tizimning
o‘rtacha davom etadigan vaqti
τ
kog
–
kogerentlik vaqti
deb ataladi.
Demak, kogerentlik faqat bitta tizma davomida saqlanib, kogerentlik vaqti nurlanish
vaqtidan ortiq bo‘laolmaydi
τ
kog
≈ τ
n
.
Agarda yorug‘lik to‘lqini birjinsli muhitda tarqalayotgan bo‘lsa, u holda fazoning
ma’lum nuqtasidagi to‘lqin fazasi faqat kogerentlik vaqti davomida saqlanib turadi. Bu vaqt
ichida, vakuumda, yorug‘lik to‘lqini
ℓ
kog
= cτ
kog
masofagacha tarqaladi, bu masofa
kogerentlik uzunligi
(yoki tizma uzunligi) deb ataladi.
Shunday qilib, kogerentlik uzunligiga teng masofada bir necha to‘lqinlar kogerentligini
yo‘qotishga ulgura olmaydilar.
Demak, yorug‘lik to‘lqinlari interferensiyasini kuzatish uchun optik yo‘llar farqlari
kogerentlik uzunligidan kichik bo‘lishi zarur.
Agarda to‘lqinlar monoxramatik bo‘lsalar, chastota spektri kengligi kichik bo‘lib,
kogerentlik vaqti
τ
kog
- katta bo‘ladi,
ℓ
kog
- kogerentlik uzunligi esa uzun bo‘ladi. Fazoning birdan
bir nuqtasida kuzatiladigan tebranishlar kogerentligi –
vaqtli kogerentlik
deb ataladi.
Interferensiya hodisasini kuzatish imkonini beradigan ikkita yorug‘lik manbaining
o‘lchamlari va o‘zaro joylashishi
fazoviy kogerentlik
deb ataladi.
Fazoviy kogerentlik uzunligi (yoki
kogerentlik radiusi
) deb, ko‘ndalang yo‘nalishda
to‘lqin tarqalishning maksimal masofasiga aytiladi.
τ
kog
~ λ/φ
bu yerda
l
– yorug‘lik to‘lqinlari uzunligi,
- manbaning burchakli o‘lchami.
Quyosh nurlarining mumkin bo‘lgan eng kichik kogerentlik radiusi (Yerdan Quyoshning
burchak o‘lchami
2
10
-
»
radian va
5
,
0
»
l
mkm )
»
0,05 mm tashkil etadi.
Bunday kichik kogerentlik radiusida, inson ko‘zining aniqlash imkoniyati taxminan 0,1
mm tashkil etganligi uchun, to‘g‘ridan - to‘g‘ri Quyosh nurlarining interferensiyasini kuzatish
mumkin emas.