|
2-ma’ruzalar. Avtomatlashtirish sistemalarni tarkib chizmalari
|
bet | 1/3 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 152,91 Kb. | | #100420 |
Bog'liq 2-ma\'ruza 2-ma’ruzalar.
Avtomatlashtirish sistemalarni tarkib chizmalari
Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: Talabalarni darsga mashg’ulotida tayyorlash, talabalarga bilimni uzatish yo’li bilan o’quv jarayonini tashkillashtirish, mar’uza materiallari boyicha bilim va ko’nikma hosil qilish, ushbu mashg’ulotni o’zlashtirishi uchun izlanish, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
Reja:
1. Avtomatlashtirish sistemalarini tuzish asoslari.
2. Sistemaning tayanch joylarining miqdorini aniqlash, tanlash.
3. Tarkib sxemalarining vazifasi, grafik ifodalanishi va turlari.
1. Avtomatlashtirish sistemalarini tuzish asoslari.
Tarkib sxemalar avtomatlashtirish sistemasining asosiy qismlari, ularning vazifasi, o‘zaro munosabatlari va joylanishlarini ko‘rsatadi.
Bu sxema loyihalashda eng avval tayyorlanib, texnologik obekt va boshqarish sistemasi bilan dastlabki tanishish uchun kerak bo‘ladi. Tarkib sxemasi ko‘rsatma material RM4-4-85 talablari asosida bajariladi.
Texnologik obektning tahlili asosida avtomatlashtirish sistemasining samarali va muqobil shakli tanlanadi. Avtomatlashtirish sistemasining eng oddiy to‘zilmalari bir pog‘onali markazlashtirilmagan shakli bo‘ladi (2-rasm). Bunday sistemalar odatda texnologik jarayonlar funksional bog‘lanmagan yoki o‘zaro kuchsiz bog‘langan ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Bu sistemalarda har bir ishlab chiqarish bo‘limi uchun ayrim boshqarish punktlari bilan ta’minlanadi. Ularda quyidagi vazifalar hal qilinadi: texnologik parametrlarni o‘lchash va nazorat qilish, ularning chegara qiymatlari haqida signal berish, texnologik reglamentda nazarda tutilgan kattaliklarni rostlab turishdir.
2-rasm. Avtomatlashtirish sistemasining
markazlashtirilmagan bir pog‘onali boshqarish sxemasi.
Markazlashtirilgan bir pog‘onali boshqarish sistemasida markaziy boshqaruv punktiga texnologik obekt to‘g‘risidagi barcha axborot chiqariladi (3-rasm).
Markazlashtirilgan boshqarish sistemalari quyidagi kamchiliklarga ega: barcha operativ axborotlarning markaziy boshqarish punktida to‘planishi tufayli uzluksiz ishlaydigan texnologik jarayonlarda sistemani ta’mirlash va joriy xizmat ko‘rsatish ishlari ancha murakkablashadi; markaziy boshqarish punktini va aloqa yo‘llarini texnik jihozlashga ketadigan harajatlar oshdi; sistemaning ishonchliligi markaziy boshqarish punktida xato-kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish mumkin bo‘lmaganligi tufayli kamaydi.
3-rasm. Avtomatlashtirish sistemasining markazlashtirilgan bir pog‘onali boshqarish sxemasi
|
| |