|
Sistemaning tayanch joylarining miqdorini aniqlash, tanlash
|
bet | 2/3 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 152,91 Kb. | | #100420 |
Bog'liq 2-ma\'ruza2. Sistemaning tayanch joylarining miqdorini aniqlash, tanlash.
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar markazlashgan ikki pog‘onali avtomatlashtirish sistemalarida qisman kamayadi. Bunga sabab ularda markazlashmagan sistemalardagi kabi shaxsiy boshqarish punktlari nazarda tutiladi (4-rasm).
4-rasm.Avtomatlashtirilgan sistemaning markazlashtirilgan ikki pog‘onali boshqarish sistemasi.
Ayrim texnologik jihoz, apparat, uskunalar markalashgan boshqaruv punktlari orqali amalga oshiriladi. Muhim texnologik parametrlar markaziy boshqaruv punktiga yuboriladi. Loyihalashda birinchi pog‘ona uchun uchta boshqarish holatini nazarda to‘tish kerak:
Yuqori pog‘onadan keluvchi buyrug‘ uchun;
Bevosita birinchi pog‘onada hosil bo‘luvchi buyrug‘ uchun;
Bir vaqtda birinchi va yuqori (rasmda ikkinchi) pog‘onalardan keluvchi buyrug‘ uchun.
3. Tarkib sxemalarining vazifasi, grafik ifodalanishi va turlari.
Bir necha bo‘linmalardan to‘zilgan va ular orasidagi masofa katta bo‘lsa, boshqarish tarkibi ko‘p pog‘onali qilinadi.
Tarkib sxemasida shartli ravishda texnologik obekt, boshqarish punktlari (mahalliy shchitlar, operator xonasi va shu kabilar), ishlab chiqarishda qatnashuvchi texnolog-xodimlar, texnik vositalar, o‘zaro aloqa yo‘llari ko‘rsatiladi; odatda sxema elementlari to‘rtburchak shaklida ifodalanadi (5-rasm).
Texnologik jarayonlarning murakkablik darajasiga qarab tarkibiy sxemalar turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bu ko‘rinishlar odatda texnik topshiriqda berilgan bo‘ladi. Bularga konstruktiv, funksional algoritmik, tashqiliy yoki ularning bir nechtasi bir sxemada birgalikda bo‘lishi mumkin. Funksional tarkib sxemasida sistemaning har bir qismi bajaradigan vazifasi bo‘yicha tayyorlanadi.
Konstruktiv tarkib sxemasida sistemaning har bir qismi mustaqil konstruktiv butunligi (yaxlitligi) shaklida ifodalanadi.
Algoritmik tarkib sxemasi sistema faoliyatida elementlarning kattaliklarni ma’lum algoritm bo‘yicha o‘zgartirishni ifodalaydi.
Tashqiliy tarkib sxemasi avtomatlashtirish sistemasidagi operativ xodimlarning o‘zaro aloqalarini ko‘rsatadi.
5-rasm. Kislota ishlab chiqarish pech bo‘limining tarkib (konstruktiv) sxemasi.
Bunda: 1-transportyorlar pech 2-bunkerlar; 3- ta’minlovchi va tebratuvchilar; 4-pech 5-ajratuvchi qozon; 6-siklon va elekrofiltrlar; 7-yo‘naltiruvchilar; 8-transportyorlar.
N-nazorat; S-signallash; MB-masofadan boshqarish; AR-avtomatik rostlash; DA-dispetcherlik aloqasi;
OA-ovozli aloqa; MB-moydan boshqarish; AB-avtomatik boshqarish.
6-rasm. Navbatdagi iyerarxik bosqichdagi loyihalash jarayonining sxemasi.
|
| |