• Tayanch so’z va iboralar: tasodifiy ta’sirlar, t armoq xavfsizligi, instrumental vositalar
  • 2-mavzu: Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi, ximoyaning buzilishi. Ximoya xizmati, axborot xavfsizligi faoliyat sohalari




    Download 30.16 Kb.
    bet1/3
    Sana24.03.2024
    Hajmi30.16 Kb.
    #176023
      1   2   3
    Bog'liq
    2-ma\'ruza
    Elektr yoritish tarmoklarida elektr eneriyasini tejash, maruza 1, maruza3, 10-mavzu. Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor Reja , 2021y «Axborot texnologiyalari asoslari» fani ishChi o’quv dastu-fayllar.org, 1. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Tasodifiy hodisalar, ular-fayllar.org, vpn-orqali-masofadan-xavfsiz-kirishni-tashkil-etish, Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim», Узбекское агентство связи и информатизации, 1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari, Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim» (2), Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim» (1), Reja Axborot tizimi tushunchasi, Tarmoq tushunchasi, White and Black Certificate of Achievement Landscape

    2-mavzu: Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi, ximoyaning buzilishi. Ximoya xizmati, axborot xavfsizligi faoliyat sohalari.



    1. Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi.

    2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda tahdidlar va zaifliklar.

    3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ximoyalash zaruriyati.

    4. Axborotlarni tashkiliy ximoyalash elementlari.




    Tayanch so’z va iboralar:

    tasodifiy ta’sirlar, tarmoq xavfsizligi, instrumental vositalar, ximoyalash tizimi, tashkiliy ximoyalash elementlari, uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish.



    Tasodifiy ta’sirlar va ulardan axborotni ximoya qilish usullari.
    Ilmiy va Amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotlarga nisbatan xavf-xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
    Xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri ximoya tizimida potensial xavfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi.
    Tekshirishlar shuni qo‘rsatadiki, tarmoqdagi eng katta havflar — bu ruxsatsiz kirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo‘lib, ular kom­pyuter tarmoqlarining barcha ob’ektlari uchun katta xavf tug‘diradi.
    Tarmoq xavfsizligini nazorat qilish vositalari
    Zamonaviy axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining yutuqlari ximoya uslublarining bir qator zaruriy instrumental vositalarini yaratish imkonini berdi.
    Axborotlarni ximoyalovchi instrumental vositalar deganda dasturlash, dasturiy - apparatli va apparatli vositalar tushuniladi. Ularning funksional to‘ldirilishi xavfsizlik xizmatlari oldiga quyilgan axborotlarni ximoyalash masalalarini echishda samaralidir. Hozirgi kunda tarmoq xavfsizligini nazorat qilish texnik vositalarining juda keng spektri ish­lab chiqarilgan.
    Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog‘ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash murakkablashib va muhimlashib bormoqda. SHuning uchun ham avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ax­borotni ximoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo bo‘lmokda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda axborot ximoyasi vositalarining sotuvdagi xajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan.
    Axborotni ximoyalash tizimi
    Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yuqatilishiga to‘skinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi — axborotni ximoyalash tizimi deyiladi.
    Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning qimmatliligi, uning yo‘qotilishidan keladigan zarar va ximoyalash mexanizmining narxidan kelib chiqqan holda axborotni ximoyalashning zaruriy darajasi hamda tizimning to‘rini, ximoyalash usullar va vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning qimmatliligi va talab qilinadigan ximoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog‘liq.
    Ximoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va ko‘rinishi tez o‘zgartiriladigan bo‘lishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur.
    Axborot hajmi kichik bo‘lgan tashkilotlarda axborotlarni ximoyalashda oddiy usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq va samaralidir. Masalan, o‘qiladigan qimmatboxo qog‘ozlarni va elektron xujjatlarni alohida guruhlarga ajratish va niqoblash, ushbu xujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va o‘rgatish, binoni qo‘riqlashni tashkil etish, xizmatchilarga qimmatli axborotlarni tarqatmaslik majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan nazorat qilish, kompyuterni ximoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash va xokazo. Odatda, ximoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash sezilarli samara beradi.
    Murakkab tarkibli, ko‘p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot xajmi katta bo‘lgan tashkilotlarda axborotni ximoyalash uchun ximoyalashning majmuali tizimi tashkil qilinadi. Lekin ushbu usul hamda ximoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga xaddan tashqari xalaqit bermasligi kerak.

    Download 30.16 Kb.
      1   2   3




    Download 30.16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu: Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi, ximoyaning buzilishi. Ximoya xizmati, axborot xavfsizligi faoliyat sohalari

    Download 30.16 Kb.