|
Suvning tuzilishi va xossalari
|
bet | 2/28 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 74,85 Kb. | | #255320 |
Bog'liq 2-Mavzu O\'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi rejaSuvning tuzilishi va xossalari. Ma'lumki suv uch agregat holatida bo'lishi mumkin, ya'ni suyuq, qattiq va gaz holatlarida. Bu tuzilmalarning har birida suv turlicha tuzilishga ega. Shuningdek tarkibidagi moddalarga qarab suv boshqa xususiyatlarga ham ega bo'ladi. Suvning qattiq holati ham kamida ikki xil bo'ladi. Bular, muzning sof krisstall holati va krisstal bo'lmagan shishasimon muz holati. Muzning shishasimon holati suv tez muzlaganda ro'y beradi. Bunda suv molekulalari krisstall panjaralari hosil qilishga ulgurmaydi. Buni biz suvni suyuq azot bilan muzlatganimizda ko'rishimiz mumkin.
Atmosfera havosidan yuqori bosim ostida olinadigan suyuq azotning harorati -170oC gacha bo'lishi mumkin. Suvning mana shu xususiyati tufayli ayrim bir hujayrali suv o'tlarini va faqatgina ikki qator hujayralardan tarkib topgan Mnium moxini ular organizmiga zarar etkazmasdan muzlatish mumkin. Hujayra va to'qimalar sekin asta soviganda ularda sof suv krisstallari hosil bo'ladi va ular qaytmas zararlanadilar. Bunga asosan ikkita sabab bo'lishi mumkin, ya'ni hosil bo'lgan muzning mexanik ta'siri yoki hujayraning suvsizlanishi holatlari.
Suvning sof krisstal muz holati turli-tuman bo'lishi mumkin. Masalan muzning paporotniklarning barglari ko'rinishida, har xil gulsimon tuzilishlari shular jumlasidandir. Rus olimi A.A. Lyubishevning fikricha suvning kristallanish xususiyati, qandaydir tirik organizmlarning shakllanishiga o'xshab ketadi.
Sof suvning molekulyar tuzilishi va xossalari. Bizning davrimizda suv boshqa moddalarni o'rganishda ularning hajmi va solishtirma zichliklari o'lchamlari uchun na'muna sifatida foydalaniladi.
Zichlik. Barcha moddalar qizdirilganda ularning zichligi kamayadi, suvniki esa ortadi. Masalan, 0,1013 MPa (1 atm.) bosimda 0oC haroratdagi suvni asta sekin qizdira borsak, uning zichligi orta boradi va 4oC haroratda eng yuqori ko'rsatkichga (sm3/g) ega bo'ladi. Suv muzlaganda esa uning hajmi keskin 11% ga ortib ketadi. Shuningdek muzni 0oC eritish uning zichligining keskin kamayib ketishiga olib keladi.
Suvning zichligiga bosim ham ta'sir qiladi. Masalan bosimning har 13,17 MPa (130 atm) suvning muzlash va qaynash haroratlarining 1oC ga o'zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham dengiz sathidan ancha baland joylarda suv nisbatan past haroratlarda qaynaydi. Okeanlarning o'ta chuqur joylarida suvning harorati manfiy bo'lsada u muzlamaydi. Suvning haroratini 4oC dan 100oC gacha oshirish uning zichligining 4% ga ortishiga olib keladi.
|
| |