SUVNING HUJAYRADAGI TAQSIMOTI




Download 74,85 Kb.
bet8/28
Sana27.05.2024
Hajmi74,85 Kb.
#255320
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
2-Mavzu O\'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja

SUVNING HUJAYRADAGI TAQSIMOTI
Hujayra devori. Yetuk o'simlik hujayrasi atrofida uchta qavat farqlanadi. Birlamchi hujayra devori ko'proq yosh hujayralarda bo'lib asosan tarkibida pektin moddasini tutgan sellyuloza fibrillari ko'p bo'ladi.
Pektin bu geterogen gruppa bo'lib uning tarkibiga bir biri bilan bog'lanib ketgan gidratlangan polimerlar kiradi. Gidratlangan polimerlar manfiy zaryadlari ko'proq bo'lgan galakturonat kislotasi qoldiqlaridan tuzilgandir. Mana shu manfiylik xossasi tufayli pektin komponentlarni yaxshi biriktiradi. Agar tarkibida pektin moddasi ko'p bo'lgan eritmaga Ca2+ ionlarini qo'shsak u pektin molekulalarini tikishi natijasida jelatinlanish hodisasi vujudga keladi.
Yetuk hujayralarda birlamchi hujayra devoridan tashqari, ayrim hollarda o'z tarkibida sellyuloza va pektin moddalaridan tashqari lignin va kutin moddalarini tutgan ikkilamchi hujayra devori ham vujudga keladi.
Ikkilamchi hujayra devori o'simlik to'qimalari pishiqligini, mustahkamligini belgilaydi va yog'ochlik hamda qog'oz materiallarini asosini tashkil qiladi.
Hujayra devorlari oralig'ida kalsiy pektatdan tashkil topgan o'rta plastinka ham mavjuddir. Hujayra devorlari gidrofillik xususiyatiga ega bo'lganligi sababli o'zida anchagina suv ushlaydi. Undagi suv ikki qismdan-harakatchan va kamharakatchan suv formalaridan iboratdir.
Hujayra devorining harakatchan suviga sellyuloza mikrofibrillari orasidagi yirik kapillyarlarda harakatlanuvchi suv kiradi. Mikrofibrillar yuqori tartibli krisstallsimon sof agregatlar bo'lib, 60-70 dona bir-biriga yaqin va parallel joylashgan hamda bir tomonga yo'nalgan sellyuloza zanjirlari orasida vodorod bog'larining vujudga kelishidan hosil bo'ladi.
Mikrofibrillarning o'zi ham kam tartibli sellyuloza molekulalari hamda gemiotsellyuloza bilan o'ralgandir. Gemiosellyuloza bu polisaxaridlar geterogen guruhining yig'ma nomi bo'lib har xil o'simliklarda turlicha bo'ladi. Ular vodorod bog'lari orqali bir biri bilan va mikrofibrillar bilan bog'lanib mikrofibrillarning murakkab turini hosil qiladi.
Sellyuloza mikrofibrillaridagi va mikrokapillyar bo'shliqlaridagi suv kam harakatchan suvdir.
Umuman hujayra devoridagi suv miqdori uning tarkibidagi sellyuloza miqdori va shirasi kontsentrasiyasiga bog'liqdir. Agarda hujayra devori tarkibida sellyuloza bo'lmagan moddalar ko'p bo'lsa undagi suvning miqdori 50% va undan kam bo'lishi mumkin. Hujayra devorida ko'p fibril-oraliq bo'shliqlari bo'lsa undagi suv miqdori ham 50% va undan ko'p bo'lishi mumkin.

Download 74,85 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Download 74,85 Kb.