CSP ko‘rsatkichlari bo‘yicha ip pishiqligini bashorat qilish
HVI-900, HVI-1000, Spinlap va Texlab tizimlari joriy qilinishi natijasida ip pishiqligini bashorat qilishda CSP va Rkm ko‘rsatkichlaridan keng foydalanilmoqda. CSP (Count Strength Product) ko‘rsatkichi bo‘yicha ip pishiqligini bashorat qilishda tola uzunligi,
pishiqligi, uzunlik bo‘yicha bir xilligi, mikroneyri, rangi,
uzishdagi uzayishi, ifloslik darajasi kabi xossalari inobatga olingan. CSP ko‘rsatkichi ip va tola o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. SITRA (Janubiy Xindiston to‘qimachilik tadqiqotlari markazi) meyorlashtirilgan
ma’lumotlarida dag‘al, yarimdag‘al, o‘rta,
ingichka, o‘ta ingichka paxta tolalari uchun uning qiymatini xisoblash tartibi ko‘rsatilgan.
CSP ko‘rsatkichlari qiymatini hisoblash
Karda ipi uchun:
Qayta tarash ipi uchun:
Davriy notekislik
Notekislikning turlari juda ko‘p bo‘lib, ularni ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
Tasodifiy.
Tasodifiy bo‘lmagan, sistematik notekisliklar.
Birinchi tur notekislik klassifikasiyasini professor V.YE.Zotikov
ilmiy asoslab berdi, keyinchalik professor A.G.Sevastyanov uni kengaytirdi va to‘ldirdi. Davriy notekislik - mahsulot ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymatdan chetga chiqishlari vaqt davomida to‘g‘ri va ketma-ket bo‘lib texnologik jarayonlarning shart-sharoiti bilan izohlanadi. Masalan, cho‘zish asbobidagi silindr va valiklarning har bir aylanishidagi urilishi (biyeniye) yoki ekssentrik (markazdan
siljitib) o‘rnatilishi. Bu turda amplituda va tebranish to‘lqinining uzunligi davriy qonuniyatni ko‘rsatadi.
Monoip va Elementar ip
To‘qimachilik ipi - to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan mustahkam, nisbatan ingichka va katta uzunlikdagi jismga aytiladi.
Monoip - uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan va bevosita to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yakka iplarga aytiladi. Elementar ip - uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan va kompleks iplarning tarkibiga kiradigan yakka iplarga aytiladi.