• Ip xossalarini tola xossalariga bog‘liqligi
  • Ip pishiqligini bashorat qilishning zamonaviy usulini




    Download 25,81 Kb.
    bet3/4
    Sana18.01.2024
    Hajmi25,81 Kb.
    #140447
    1   2   3   4
    Ip pishiqligini bashorat qilishning zamonaviy usulini
    afzalliklari
    Tasdiqlangan “Uster statistics 2018” meyoriy hujjati CSP va Rkm ko‘rsatkichlarining turli assortimentdagi yigirilgan ip uchun meyoriy qiymatlari keltirilgan bo‘lib xom ashyoning to‘g‘ri tanlanganligini asoslashda hisobiy ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash uchun ishlatiladi. Yigirilgan ip sifatini va uni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini bashorat qilishda CSP va Rkm ko‘rsatkichlari ipning turiga bog‘liq holda SITRA tashkiloti ishlab chiqargan va tavsiya qilgan formulalardan foydalanib hisoblanadi. Ushbu bashorat qilish usulini ishlatish hisob kitob ishlarini ancha yengillashtiradi. Olingan natijalar aniqroq ko‘p vaqt talab qilmaydi. Hozirgi kunda
    amlayiyotda keng qo‘llanilmoqda.


    Ip xossalarini tola xossalariga bog‘liqligi
    Mahsulot sifatini loyihalash juda ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘lib bir qancha ko‘rsatkichlarni aniqlashni talab etadi.
    Ko‘p sonli tadqiqotlar asosida ip xossalarini uni tashkil etuvchi tolalar xossalariga bog‘liqligi mavjud ekanligini ko‘rsatmoqda. Mahsulotlarning chidamliligi, qayishqoqligi, chiziqiy zichligi va uzilish kuchi bo‘yicha noteksligi
    kabi xossalari ta’siri kam o‘rganilgan. Yigirilgan ipning uzish kuchi ko‘rsatkichi uni sifatini to‘liq tavsiflay olmaydi, ammo ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish imkoniyatini, shuningdek matoning, tolaning va ipning quruq yoki nam xolatdagi pishiqlik ko‘rsatkichlarini hisoblash imkoniyatlarini beradi. Hisoblash usuli Loyihalanayotgan ipning sifatini bashorat qilishning hisoblash usuli ishlatilayotganda tola va ipning xossalari orasidagi bog‘liqlikni o‘rnatishga asoslangan. Bir qator formulalar taklif etilgan bo‘lib, ularning mohiyati ip va tolaning pishiqlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga asoslangan
    Rip = RT  PFK
    Rip - ipning nisbiy uzish kuchi, [sN/teks];
    RT - tolaning nisbi uzish kuchi, [sN/teks];
    PFK - ip pishiqligida tolani pishiqligidan foydalanish koeffisiyenti.
    Paxta tolasi uchun ipning nisbiy uzish kuchi hisobi A.N.Solovyev formulasi, viskoza ipi uchun V.A.Usenko, zig‘ir ipi uchun V.G.Komarov va jun ipi uchun A.A.Sinisin formulasidan foydalanilmoqda



    Download 25,81 Kb.
    1   2   3   4




    Download 25,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ip pishiqligini bashorat qilishning zamonaviy usulini

    Download 25,81 Kb.