|
Csp ko‘rsatkichlari bo‘yicha ip pishiqligini bashorat qilish
|
bet | 4/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 25,81 Kb. | | #140447 |
Tolalarni emulsiyalash
Tolalarni emulsiyalashdan oldin ular titish mashinalaridan o‘tqazib titib olinadi. Titilgan tolali materiallarga ma’lum miqdorda emulsiya purkaladi (tolalarni o‘rtasidagi ishqalanishni kuchaytirish va ilashuvchanligini oshirish uchun). 100 kg tola uchun 1-2 litr emulsiya sarflanadi.
Emulsiyalash tolalar oqimga farsunkalardan emulsiyalarni sepish orqali amalga oshiriladi. Emulsiya tarkibiga suv va yog‘lar (solyar, urchuqli va mashina moylari) olein kislotasi yoki ho‘jalik sovuni va qo‘shimchalar kiradi.
Ip yigirish texnologiyasining taraqqiyot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1) texnologik bosqichlarni qisqartirish va mashinalarni bir
biriga agregatlash;
2) cho‘zish asbobi quvvatini oshirib o‘timlarni kamaytirish;
3) urchuqlar tezligini 25000 min-1 gacha yetkazish;
4) mahsulot sifatini oshirish, ip yo‘g‘onligi, ravonligi, pishiqligi, tozaligi kabi ko‘rsatkichlarni jahon talablari darajasiga yetkazish;
5) yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish;
6) qo‘l mehnatini mexanizatsiyalash va robot texnikasini
joriy qilish;
7) xomaki va tayyor mahsulot o‘ramalari hajmini oshirish.
Mazkur tadbirlar ilg‘or korxonalarda qo‘llanilib, sezilarli
yutuqlarga erishilmoqda.
|
| |