|
Csp ko‘rsatkichlari bo‘yicha ip pishiqligini bashorat qilish
|
bet | 2/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 25,81 Kb. | | #140447 |
Funksional notekislik
Notekislikni oddiyroq qilib mahsulotning uzunligi bo‘yicha yo‘g‘on vaingichka joylarini takrorlanishi deb atash mumkin. Agar yigirilgan ipning butun uzunligi bo‘yicha turli kesimlarda, ko‘ndalang qirqimlarida chiziqiy zichligini,
tolalar sonini, pishiqligini va buramlar sonini aniqlab tahlil qilinsa, bu ko‘rsatkichlarning uzunlik bo‘yicha bir xil emasligini kuzatish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar bir qirqimdan ikkinchisiga o‘tganda o‘zgaruvchan bo‘lib, ipning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi va notekislikka olib keladi. Notekislikning turlari juda ko‘p bo‘lib, ularni ikkita asosiy guruhga bo‘lishmumkin:
Tasodifiy.
Tasodifiy bo‘lmagan, sistematik notekisliklar.
Birinchi tur notekislik klassifikasiyasini professor V.YE.Zotikov ilmiy asoslab berdi, keyinchalik professor A.G.Sevastyanov uni kengaytirdi va to‘ldirdi. Funksional notekislik - mahsulot ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymatdan chetga chiqishi vaqt
davomida bir tomonlama o‘zgarib boradi, ya’ni ko‘payib yoki kamayib boradi (pilta, pilik qirqimlari misol bo‘la oladi)
Ip ko‘rsatkichlarining bashorat qilish usullari
Ishlab chiqarish jarayonida yigirilayotgan ipning sifati shakillanadi. Ipning sifatini belgilovchi asosiy omillarga ishlatilayotgan tolalarning xossalari, ularni qayta ishlash usullari va uskunalarning texnik holati ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik olimlar tomonidan ipning sifat ko‘rsatkichlarini iste’mol va texnologik xossalariga bo‘linishi isbotlangan bo‘lib, ular ipning tuzilishiga bog‘liq. Ipning ko‘rsatkichlarini bashorat qilishda asosan tolaning texnologik hossalari
hisobga olinadi. Ipning ko‘rsatkichlarini bashorat qilish va baholash uchun turli hil usullar yaratilgan va ishlatilmoqda:
organoleptik usul;
kichik namunalar usuli;
hisoblash usuli.
Ip pishiqligini bashorat qilishning hisoblash usulini qo‘llashdagi qiyinchiliklar
Hisoblash usulini qo‘llash sezilarli darajadagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib, avvalo har bir guruhdagi tolalar pishiqligini ishlatish darajasini inobatga oluvchi koeffisiyentlarni kiritish talabi bilan bog‘liq. Buning uchun dastlab har bir komponentdan iplarning tajribaviy partiyalari yigirib olinadi, ularning pishiqligi aniqlanadi va komponent tolalarining pishiqligini ip pishig‘ligida ishlatish koeffisiyentlari hisoblanadi. Yuqoridagi usul bo‘yicha ipning solishtirma uzish kuchini aniqlash uchun alohida komponent iplarining uzilishdagi cho‘zilganlik farqi hisobga olinishi kerak
va cho‘ziluvchanlik egriligi tuziladi.
|
| |