|
2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja
|
bet | 20/28 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 74,85 Kb. | | #255320 |
Bog'liq 2-Mavzu O\'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi rejaPeridermal transpirasiya. Daraxtlarning pukaklangan qobig'idan ham oz miqdorda bo'lsada suv bug'lanib to'radi. Bu suvning miqdori daraxtlarning turiga xos bo'lgan peridermalarning tuzilishiga, qobiqdagi yoriqlar va yasmiqchalarning o'tkazuvchanligiga bog'liq. Masalan, buk, yel, qarag'ay daraxtlarining po'stlog'i silliq va pishiq bo'lganligi tufayli, terak, dub, chinor va qarag'ay daraxtlari po'stloqlariga nisbatan kam suv yo'qotadi. Ayrim hollarda, ayniqsa qish faslida poya va novdalardan ko'p suv yo'qotganligi sababli daraxtlar suvsizlanadi va qurib qoladi.
Transpirasiya jadalligi. Bu 1 m2 barg sathidan 1 soat davomida bug'latilgan suv grammlar hisobidagi miqdoridir. Transpirasiya jadalligiga yorug'likning ta'siri anchagina kattadir. Masalan, ko'pchilik hollarda yorug'likda, ya'ni kunduzi bu kursatgich 15-250 g/m2 bo'lsa, kechasi 1-20 g/m2 ga tengdir. G`o'zada jazirama issiq kunlari transpirasiya jadalligi 45-120 g/m2 soatni tashkil qiladi. Shuningdek barglardagi tranpirasiya jarayonining jadalligiga shamolning ta'siri ham katta. Masalan, shamolning tezligi 6-8 mG’soniya darajasigacha transpirasiya jadalligi ortib boradi, lekin shamol tezligining bundan ortishi uning borishiga ta'sir qilmaydi.
Transpirasiya jadalligiga tuproq qurg'oqchiligi ayniqsa katta ta'sir qiladi. Masalan tuproq namligi 79,1% bo'lganda g'o'za barglarning suvlilik darajasi 74,9%, so'rish kuchi S=0,96 MPa bo'lganda transpirasiya jadalligi 113,4 gG’m2 soat bo'lsa, tuproq namligi 49,7% bo'lgan tuproqlarda o'sgan g'o'za barglarida ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 70,5;%, S=2,36 MPa, va 53,9 gG’m2.
Transpirasiya koeffisienti. Bu o'simlik tomonidan 1g quruq organik modda hosil qilish uchun sarflangan suvning miqdoridir. Transpirasiya koeffisienti ko'rsatkichi o'simliklarning turiga, ayrim hollarda ularning naviga ham bog'liqdir. Shuningdek transpirasiya koeffitsienti fotosintezning xiliga ham bog'liqdir. Masalan S3 o'simliklari bo'lgan g'o'zada transpirasiya kozffisienti kursatgichi 570 g bo'lsa, sholida-680, bug'doyda-540, arpada-520, bedada-840, loviyada 700, qarag'ay va yel daraxtlarida 230-300 g.ga bo'lsa, S4 o'simliklarida transpiratsiya koeffisienti birmuncha kam bo'ladi. Masalan, ushbu ko'rsatkich makkajo'xorida 370 g bo'lsa portulakda yanada kam 280 g atrofida bo'ladi.
|
| |