yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga




Download 30.14 Kb.
bet4/5
Sana23.05.2023
Hajmi30.14 Kb.
#63619
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijt
11, To’xtasinov Davronbek, 5-ETAJ RO\'YXAT, Italiya konferensiya (iqtidorli talabam), 32154, Sharipova Aziza Alisher qizi, Meliqo\'ziyev Jasurbek 2.17 guruh, IRODA Badiiy asar, EMAIL. SPREADSHEETS AND FORMULAS., Technical proposal, composition requirements, and the procedure for its development., 1, MUSTAQIL ISH2, 3DS-MAX dasturida sohaga oid ob’ektlarni modellashtirish, 5-амалий ЎФА
7. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga
yuz tutishi

1991-yilning 19-21avgustida Sovet Ittifoqida davlat to‘ntarishi sodir etildi.


Ammo 1991 yil 19-avgustga o‘tar kechasi SSSR Prezidenti M.S. Gorbachyov zo‘rlik bilan hokimiyatdan chetlatildi. Vitse-prezident G.Yanayev, KGB raisi V. Kryuchkov, mudofaa vaziri D. Yazov va bosh vazir V. Pavlovdan iborat yuqori lavozimli amaldorlar guruhi SSSRda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o‘z-o‘zini e’lon qilgan, konstitutsiyaviy bo‘lmagan davlat qo‘mitasini (GKChP) tuzdilar. Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasining qarorlari bilan mamlakatning bir qator mintaqalarida, asosan RSFSRda, favqulodda holat joriy etildi, yig‘ilishlar, namoyishlar va ish tashlashlar taqiqlandi. Demokratik partiyalar va tashkilotlar, gazetalar faoliyati to‘xtatildi, ommaviy axborot vositalari ustidan nazorat o‘rnatildi.
Mamlakatda mavjud siyosiy hokimiyat ag‘darilib, favqulodda holat joriy etildi va hokimiyat Favqulodda holat davlat komiteti (GKChP –Государственный комитет по черезвычайному положению) qo‘liga o‘tdi. Ularning maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.
Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Rayosati, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazib, unda “SSSR GKChPning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston hududida amal qilmaydi”, degan qaror qabul qildi.
1991-yil 25 avgust kuni esa O‘zbekiston SSR Prezidenti mamlakatimizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal toshini qo‘ygan yana bir muhim farmonni e’lon qiladi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi: “Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston SSR Prezidentiga bo‘ysundirilsin.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin”. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Markaziy nazorat qo‘mitasining 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi masala kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
Sessiyada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiysiyosiy voqealar oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga bevosita daxldor ekanligini asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni “Mustaqillik asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir.

Download 30.14 Kb.
1   2   3   4   5




Download 30.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga

Download 30.14 Kb.