• 3.Orol fojiasi
  • 4.Farg‘ona voqealari
  • “Paxta ishi” - uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri. Aholi yashash darajasining keskin pasayishi




    Download 30.14 Kb.
    bet2/5
    Sana23.05.2023
    Hajmi30.14 Kb.
    #63619
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijt
    11, To’xtasinov Davronbek, 5-ETAJ RO\'YXAT, Italiya konferensiya (iqtidorli talabam), 32154, Sharipova Aziza Alisher qizi, Meliqo\'ziyev Jasurbek 2.17 guruh, IRODA Badiiy asar, EMAIL. SPREADSHEETS AND FORMULAS., Technical proposal, composition requirements, and the procedure for its development., 1, MUSTAQIL ISH2, 3DS-MAX dasturida sohaga oid ob’ektlarni modellashtirish, 5-амалий ЎФА
    2.“Paxta ishi” - uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri. Aholi yashash darajasining keskin pasayishi.
    SSSRda paxta «oq oltin» deb atalgan. Moskva ishlab chiqaruvchi respublikalardan uni past narxlarda sotib olgan va jahon narxlarida eksport qilgan. Olingan valyuta mablag‘lari, xuddi neftdollarlar va tabiiy resurslardan boshqa daromadlar kabi, qurollanish poygasiga sarflangan. Qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli Kreml paxta еtishtirishni doimiy ravishda oshirish haqida talab qo‘ygan. Belgilangan majburiyatlarni bajarish imkonsizligi qo‘shib yozishga sabab bo‘ldi. SSSRda qo‘shib yozish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda kuzatilgan.
    70- yillar oxiridan boshlab, iqtisodiy va korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan O‘zbekiston SSRda olib borilgan “paxta ishi”¸ “o‘zbeklar ishi” nomini olgan jinoiy ishlar doirasida Moskvadan kelgan tergovchi Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov tomonidan 800 dan oshiq jinoyat ishi ochilgan, ular bo‘yicha mamlakat 1-rahbaridan tortib¸ paxta zavodlari direktorlariyu brigadirlarga qadar jami 4000 dan ortiq odam turli muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Ammo 1989 yili Xalq deputatlar 1-sezdi kunlarida Gdlyanning tergov usullari jiddiy tanqid ostiga olinib, O‘zbekistonda tergov olib borishda qonun buzilishi yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. 1990 yilda KPSS safidan chiqarilgan Gdlyan bosh prokuraturadan haydalgan edi. 1990 yil dekabrida O‘zbekiston Birinchi Prezident Islom Karimov “o‘zbek ishi” bo‘yicha respublika hududida jazo muddati o‘tayotganlarning hammasini jazodan ozod qilgan edi.

    3.Orol fojiasi
    O‘zbekiston республикаси Президенти Ш.Мирзиёев BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida кўплаб долзарб масалалар қатори Орол муаммоси масаласига тўхталиб ўтдилар. Prezidentimiz O‘zbekistonda olib borilayotgan chuqur islohotlar, yangilanishlar jarayoni, inson manfaatlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar haqida atroflicha so‘z yuritib, jahon hamjamiyati e’tiborini xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xususan, bugungi kunning eng o‘tkir muammolaridan biri — Orol fojiasiga qaratdi. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf qilish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol -birlashtirishni taqozo etishini ta’kidladi.
    Darhaqiqat, bugun Orol dardini olam dardi, deyish mumkin. Chunki bir paytlar dunyodagi eng noyob, go‘zal va yirik yopiq suv havzalaridan biri bo‘lgan, yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash hamda barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda katta o‘rin tutgan, Orolbo‘yi mintaqasi uchun baraka va farovonlik manbai hisoblangan ushbu ulkan dengiz bir avlod ko‘z o‘ngida batamom yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani g‘oyat achinarlidir. Yurtboshimizning BMT yuksak minbaridan turib, dunyo ahli e’tiboriga havola qilgan Orol fojiasi aks ettirilgan xaritaga boqqan kishi hech qanday izohsiz ushbu ekologik ofat haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi.
    Tarixiy manbalarda Orol dengizi bundan 35 ming yil avval paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Uni ilk bor arab muarrixi Ibn Rusta o‘z asarlarida “Orol dengizi” deb atagan edi... Biz yuqorida bir vaqtlar Orol jahondagi eng katta suv havzalaridan biri bo‘lganligi haqida aytdik. Haqiqatan ham, u Kaspiy dengizi, Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turgan. Uning maydoni 66458 kv. km., o‘rtacha chuqurligi 20 - 25 metr, eng chuqur joyi esa 67 metr bo‘lganligi haqida ilmiy asoslar mavjud. Bu raqamlar zamiridagi manzarani tasavvur qilish mushkul emas. Bugun esa ana shu ulkan suv havzasi deyarli ko‘lmakka aylanib borayotir. Mana bu raqamlarga bir e’tibor bering-a: dengizning suvi keyingi 50 - 55 yilda 15 martadan ziyod kamayib, suv sathi 29 metrga pasaygan, hududda 5,5 million gektar tuzli qum maydonlari hosil bo‘lgan. Mazkur holat mintaqa tabiati, odamlar hayoti, o‘simliklar va hayvonot olamiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Fojianing sabablari, oqibati haqida o‘tgan davrda juda ko‘p gapirildi. Biroq ular shunchaki -aytildi-qo‘yildi. Ahvol esa o‘nglanmadi.
    Shunisi quvonarliki, mustaqillik yillarida Orol hamda bu еrlarda yashayotgan aholi turmush farovonligini oshirishga bo‘lgan qarash butunlay o‘zgardi. O‘zbekiston bir necha marotaba dunyo hamjamiyati e’tiborini ushbu dolzarb muammoga qaratdi. Markaziy Osiyo mintaqasining global masalalari bo‘yicha fikr almashish maqsadida mamlakatimizga BMTning nufuzli vakillari ko‘p bor tashrif buyurdi. Jumladan, BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munning 2010 yilda Orolbo‘yida bo‘lgani Orol fojiasi va ekologik ofatga tutash mintaqalarga jahon hamjamiyatining e’tiborini kuchaytirishda muhim rol o‘ynadi. 2017 yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining amaldagi Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Orol dengizi akvatoriyasiga bordi. Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”ni ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Orol dengizi hamda uning atrofidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Tashrifdan so‘ng Bosh kotibning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nomiga yozgan minnatdorlik maktubida shunday jumlalar bor: “Orol dengizi tezlik bilan qurib borayotgani meni qattiq tashvishga soldi va bu falokatdan aziyat chekayotgan aholi bilan uchrashuvdan g‘oyat ta’sirlandim. Ishontirib aytamanki, BMT Sizning ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor”.
    Ushbu samimiy so‘zlar davlatimiz rahbarining Orol hududiga alohida e’tibori jahon hamjamiyati bilan hamohangligini ko‘rsatdi. Albatta, yaxshi natija, avvalambor, amaliy ishga tayanadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, joriy yilning 7 fevral kuni tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar isloh qilishning konseptual masalalari bu borada muhim qadam bo‘ldi.
    Bunga hamohang ravishda yurtimizda BMT shafeligida Orol dengizi hamda Orolbo‘yi hududi bo‘yicha maxsus Trast jamg‘armasini tuzishga qaratilgan sa’y-harakatlar qat’iy qo‘llab-quvvatlanib, 2017 yil 10 fevralda BMTning “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” dasturi amalga oshirila boshlandi. Bu Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos kelayotganini yaqqol ifodalaydi.
    Albatta, so‘z bilan ish birligi har doim xayrli amallarga yo‘l ochadi. Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan 101 kilometrlik masofaga quvur yotqizilib, bu еrga toza suv keltirildi. Odamlarning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi.
    Bular — masalaning bir tomoni. Hozir mintaqada ekologik muvozanatni tiklash, aholi turmush farovonligini yaxshilash maqsadida ham talay xayrli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu maqsadda umumiy qiymati 4 milliard so‘mlikdan ziyod 50 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan dastur asosida Mo‘ynoq tumanida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar davom ettirilayapti. Orol dengizining qurigan hududida 350 ming gektarga iqlimga mos qandim, cherkes, saksovul ekilib, tuzli chang-to‘zon ko‘chishining oldi olinayotgani diqqatga molik yana bir jihatdir.
    4.Farg‘ona voqealari
    1989 yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi, ana shunday mushkul pallada Birinchi Prezident Islom Karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan Farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda Markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi. «Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning turli hududlarida alanga olayotgan millatlararo ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha dadil va mardonavor chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tariqa u 1990 yil fevral-mart oylarida Bo‘ka va Parkentda, 1990 yil iyun oyida O‘shda qonli etnik ixtiloflarning oldini oldi. Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning teng huquqliligini ta’minlash, ham milliy ozchiliklar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi», Birinchi prezident tomonidan islom dinining qayta uyg‘onishi, qolaversa, mamlakatdagi barcha konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgani bu borada ulkan ahamiyat kasb etdi. Barcha diniy konfessiyalar vakillari o‘z e’tiqodiga emin-erkin va to‘siqlarsiz amal qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratildi. Ta’kidlanishicha, milliy va madaniy markazlarning tashkil etilgani O‘zbekiston xalqining birligi va yakdilligini ta’minlagan muhim omillardan biri sanaladi. Toshkentda mamlakatdagi milliy-madaniy markazlarning boshini qovushtirgan markaz ta’sis etildi, 1992 yil yanvarda u Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. O‘sha yillari O‘zbekistonda tatar, nemis, koreys, ozarboyjon, qozoq, yahudiy kabi 54 ta milliy va millatlararo markazlarga asos solindi. Ҳозирда бундай марказлар сони 130дан ортиқдир.Markazlar faoliyati, qolaversa, turli millat va elatlarning o‘z tarixi, adabiyoti, tilini o‘rganish, an’analar, milliy bayram, urf-odat va marosimlarni tiklash va rivojlantirish singari madaniy, ma’naviy va ijtimoiy talablarini qondirish uchun qulay muhit yaratildi.
    1989 yil oktyabrda Birinchi Prezident Islom Karimovning dadil siyosiy qadami mahsuli sifatida «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan uzoq vaqt ikkinchi darajada bo‘lib kelgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi. Bugun O‘zbekistonda 140 ga yaqin respublika va hududiy miqyosdagi milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv va ahillikda yashab kelmoqda. Ularning etnik madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash va har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilgan. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ta’lim muassasalarida 7 tilda saboq berilmoqda, Milliy teleradiokompaniya o‘z dasturlarini 12 tilda efirga uzatmoqda, gazeta-jurnallar esa 10 dan ziyod tilda chop etilmoqda. «Birinchi prezident tomonidan mamlakatimizdagi barcha millat va elatlarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik – uning boshqa xalqlarga ehtiromi va o‘z ona eliga yuksak farzandlik muhabbatining ifodasidir.
    5.Respublikada aholining ijtimoiy va siyosiy faolligining kuchayishi, milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi, jamiyatni siyosiy demokratizatsiyalash jarayonining kuchaytirishi, I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
    Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi.
    Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli slohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu asosda 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra, ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 foizi esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofi q, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.
    2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi.
    2015-yil 29-mart kunidagi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi”gi qonunga muvofiq muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylandi.
    2020 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev BMT minbaridan turib o‘zbek tilida ma’ruza qildi. Bu tariximizda birinchi marta BMT shoxsupasida so‘zlangan o‘zbek tilidagi ma’ruzadir. Butun dunyoda yashayotgan 50 mlndan ortiq o‘zbeklar uchun bu juda muhim voqea, iftixor sifatida qabul qilindi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi.


    Download 30.14 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 30.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Paxta ishi” - uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri. Aholi yashash darajasining keskin pasayishi

    Download 30.14 Kb.