|
maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlashBog'liq \'текст лекцииmaqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash
hamda savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’ minlash;
2)
suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3)
suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish;
4)
suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5)
suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish;
6)
suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7)
savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8)
olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish.
Anketa metodi (fransuzcha - tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat
jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar
bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda
olinadi.
O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
1)
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon
beruvchi savollar);
2)
yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli»,
«salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
1)
anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2)
anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
3)
anketa savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga
olish asosida tuzilishi zarur;
|
| |