|
sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamizBog'liq \'текст лекцииsababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha:
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri
jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o‘ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini, ularning ko‘ptomonlama
o‘zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash - faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni
jalb etish demakdir.
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ekti(shaxs) bir paytning o‘zida subyekti
sifatida aks etsa, tarbiya muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o‘zining faol xulq- atvorini, shaxsiy
erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar - o‘qituvchilar va ta’lim
oluvchilarning o‘zaro harakatida kechadi.
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxslararo aloqalarning intensivligi va boyligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik
jarayonning
dinamik
qonuniyati
-
ta’lim oluvchining keyingi barcha
muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati - shaxs rivoji darajasi va sur’ati: irsiyat;
tarbiya va ta’lim muhiti; pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo‘llanishiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati - pedagogik ta’sirning samaradorligi: ta’lim
oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi; ta’lim oluvchilarga ko‘rsatiladigan
korrektsiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog‘liq bo‘ladi.
|
| |