|
darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdanBog'liq \'текст лекцииdarajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan
haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi
layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari,
yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u
ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun
zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1)
bilimlar bellashuvi;
2)
fan olimpiadalari;
3)
turli mavzulardagi tanlovlar;
4)
maktab ko‘rgazmalari;
5)
festivallar;
6)
musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment - lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko‘rish») metodi.
Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik
sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z
in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo
echimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar
ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan
maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
5. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga
|
| |