|
2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi vaBog'liq \'текст лекцииTest metodi.
7.
Pedagogik tahlil metodi.
8.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
9.
Pedagogik tajriba metodi.
10.
Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‘llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari
jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida
qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik
kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va
tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish
ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning
ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Buning uchun
tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1)
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2)
kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3)
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4)
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5)
xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish,
mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-
sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga
yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda
o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish
muhimdir. Uning samarali bo‘lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1)
|
| |