2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja




Download 53.01 Kb.
bet9/17
Sana23.11.2022
Hajmi53.01 Kb.
#31487
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja
5-Mavzu O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasav, R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz, haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari, informatika 10 uzb 2021
Chikago maktabi. Jeyms va Dpyuilar funksional psixologiyaning Chikago maktabi dasturini tayyorlashadi. Bu dastur 1906-yilda D.N.Enjelo tomonidan Amerika psixologiya assotsiatsiyasiga taqdim qilinadi. Unda funksional psixologik jarayonlar haqida belgilanadi. Jarayon ehtiyoj bilan muhit o‘rtasidagi birlamchi vazifani bajaradi. Ongning asosiy belgilanishi «yangicha nisbatan akkomodatsiya»dir. Organizm psixofizik butunlik sifatida harakat qiladi. Shuning uchun psixologiya ong bilan chegaralanib qolmaydi. Bu sohada Enjelo strukturial psixologiyaga hujum qiladi.
Agar Titchener psixologiyani boshqa fanlardan qat’iy chegaralanishini talab qilsa, funksionalistlar uning nevrologiya, sotsiologiya, antropologiya bilan hamkorligini tarafdorlari bo‘lishdi. Chikago maktabida mushaklar tuzilishi va ehtiyoj faktoriga katta ahamiyat berilgan.
Ongning va xulqning faoliyatini o‘rganuvchi psixofizik tartib Amerika funksionalizmida tabiiy-ilmiy bo‘yoqqa ega bo‘lib Yevropa yo‘nalishidan keskin farq qiladi. Lekin ularni umumiylik tomonlari ko‘p bo‘lgan.
Qisqa vaqt mobaynida gullab yashnagan funksional maktabning teologizmi strukturalizm singari parchalanib ketdi, boshqa oqimlar tomonidan siqib chiqarildi. Shu oqimlar funksionalizm muammolarini «yutib» yuboradi. Funksionalizmning falsafiy loyihalarining bir narsa ekanligini ko‘rsatdi.
XIX va XX asrdagi psixologiya − bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo‘lgan bu yo‘nalish XIX va XX asrning boshlarida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi. Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o‘z vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi.
Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yo‘nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsionizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi.

Download 53.01 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 53.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja

Download 53.01 Kb.