• Volyuntaristik psixologiya
  • Geshtaltpsixologiya
  • 2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja




    Download 53.01 Kb.
    bet10/17
    Sana23.11.2022
    Hajmi53.01 Kb.
    #31487
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja
    5-Mavzu O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasav, R0OTIfosUOs1crKnJVX0rpEJVHZvhqbfO16MIsCz, haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari, informatika 10 uzb 2021
    Intellektual psixologiya − bu psixikaning asosiy elementi va psixologik faoliyatning asosiy funksiyasi aql – intellektdir, deb hisoblaydigan yo‘nalish. Intellektual psixologiya tarafdorlarining fikricha, turli-tuman psixik jarayonlar, shu jumladan emotsional va iroda jarayonlari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning qo‘shilishidir, deb tushuntiriladi. Assotsiativ psixologiyaning vakillari ham intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va asosiy element tasavvurlardir, deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Gerbart hisoblanadi.
    Volyuntaristik psixologiya intellektualizmdan farq qilib, psixik hayotning asosi sifatida shaxsning irodasini, aktivligini, faolligini ilgari suradi. Barcha murakkab psixik jarayonlar, xususan, tafakkur ham insonning irodaviy aktivligi, deb talqin qilingan.
    Volyuntaristik psixologiyaning vakillari G.Linne (1889-1941) va G.Myunsterberg (1863-1916) edilar. Vilgelm Vundt ham garchand irodaning asosiy hislardir deb hisoblagan bo‘lsa ham volyuntarist edi.
    Freydizm − bu avstriyalik psixiatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) nomidan olingan bo‘lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida yo‘nalishdir.
    Freyd ta’limotiga ko‘ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan, tug‘ma ongsiz mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, axloqiy tamoyillar tufayli, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli bu mayl to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o‘rtasida ichki ruhiy konflikt (to‘qnashuv) paydo bo‘ladi. Bu to‘qnashuvlar ba’zan asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi.
    Geshtaltpsixologiya yoki boshqachasiga struktura, yaxlit psixologiya. Bu yunalishning asosiy vakillari X.Erenfels (1859-1932), V.Keller (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) lardir. “Geshtalt” tushunchasini fanga Erenfels kiritgan. Bu psixologlar barcha murakkab psixik jarayonlar elementlar hodisalardan − sezgilardan tarkib topadi, deb hisoblangan assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. Geshtaltpsixologiyaning vakillari bu ta’limotga qarama-qarshi o‘laroq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning yig‘indisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir. Ayrim element va qismlarning yig‘indisi butunning mazmunini belgilamaydi, balki, aksincha, butun (yaxlit struktura) qism elementlarning hususiyatlarini belgilab beradi.
    Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi, avvalo idrok faktlari, asosida ishlab chiqilgan edi. Idrok − bu sezgilarning yig‘indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta’kidlanardi. Psixik mahsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu ta’limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tadbiq qilingan edi.
    Bu alohida-alohida yo‘nalish va oqimlar, bir qancha umumiy hususiyatga ega bo‘lgan holda «Empirik psixologiya» degan umumiy nom ostida birlashdilar.
    Psixologiyaning predmeti va metodlarini bir xilda tushunish bu barcha oqimlarning birlashuviga sababchi bo‘ldi.

    Download 53.01 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 53.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja

    Download 53.01 Kb.