• 2. 5. “Sotsiometriya metodi”. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari Adabiyotlar: 10, 13, 16, 17, 20, 26. Tayanch iboralar
  • 2. 1. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari va ularni tasnifi
  • Республикаси Олий ва Ўрта




    Download 220.5 Kb.
    bet1/7
    Sana24.05.2023
    Hajmi220.5 Kb.
    #63964
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza
    12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya, Temperament va uning tiplari , 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq

    2-Ma'ruza: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari
    Reja:
    2. 1. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari va ularni tasnifi
    2. 2. Kuzatish va psixologik eksperiment metodlari.
    2. 3. Test va so'rov metodlari.
    2. 4. Biografiya va anketa metodlari
    2. 5. “Sotsiometriya metodi”. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari

    Adabiyotlar: 10, 13, 16, 17, 20, 26.
    Tayanch iboralar: amaliy psixologiya, psixika, psixik jarayonlar, psixik holatlar va xususiyatlar, kasbiy faoliyat, tadqiqot metodlar: kuzatish, eksperiment, so'rovnoma, anketa, test, biografiya;
    2. 1. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari va ularni tasnifi
    Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan har qanday fan o'sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo'llaniladi. Kasbiy faoliyat psixologiyasining o'rganish ob'ekti bo'lmish shaxs ruhiyatidagi psixik hodisalarni bevosita qo'l bilan ushlab, ko'z bilan ilg'ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko'plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog'i o'z vazifalarini yechish va ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ko'plab metodlarni sinovlardan o'tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
    Kasbiy psixologiyaning metodlari juda turli-tuman bo’lishiga qaramay ularning barchasi umumiy talablarga va qoidalarga bo’ysunadi. Bular tadqiqotning dialektik metod bilan ob‘ektiv ravishda olib borish va genetik printsipiga amal qilishdir. Shunday talablardan biri dialektik metod talabidir. Ilmiy psixologik metodlarning ob‘ektivligi psixikani o’rganishda psixik hodisalar paydo bo’lishining ob‘ektiv shart-sharoitlari va ob‘ektiv nomoyon bo’lishlari tekshiriladi.
    Hozirgi zamon psixologiya fani qancha aniq, tekshirilib, sinovdan o’tkazilgan, samarali metodlarga ega. Ularning asosiylariga qisqa to’xtalib o’tamiz.
    Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o'rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo'lib hisoblanib, uzoq o'tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo'lib, keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob'ekti, ko'lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o'rganish imkoniyati tug'ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o'zgarishlar yuzaga keldi.

    Download 220.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 220.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Республикаси Олий ва Ўрта

    Download 220.5 Kb.