• Tarjimai hol metodi
  • Anketa metodi.
  • Biografiya (tarjimai hol) va anketa metodlari




    Download 220.5 Kb.
    bet4/7
    Sana24.05.2023
    Hajmi220.5 Kb.
    #63964
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza
    12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya, Temperament va uning tiplari , 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
    2. 4. Biografiya (tarjimai hol) va anketa metodlari
    Inson psixikasini-ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risidagi og'zaki va yozma ma'lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega. Shu bilan birga o'zgalar tomonidan to'plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o'rganilayotgan shaxsni to'laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tug'ilganidan, to boshlang'ich ma'lumot olgunicha bo'lgan davr oralig'ida salomatlik darajasi qanday bo'lganligi to'g'risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
    Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o'rganib bo'lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog'liq jarayonlar: she'riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san'at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma'naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste'dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo'lishi, rivojlanishi, o'ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari, atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o'z ifodasini topadi. Allomalar to'g'risidagi ma'lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta'rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o'tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o'rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg'unligini ta'minlaydi.
    Anketa metodi.
    Umumiy psixologiyada keng qo'llaniladigan metodlardan biri bo'lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o'rganiladi.
    Anketa odatda 3 xil bo'lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo'ljallangan savollardan iborat bo'ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havola qilinganda kamida to'rt-besh to'g'ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o'ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, hulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
    Tarqatilgan anketalar yig'ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o'rganish uchun boy material to'plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma'lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo'lavermaydi. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to'g'ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.
    Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o'tamiz.
    1.Kursingizda eng yuqori obro'ga ega bo'lgan talaba qaysi?
    2.Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his-tuyg'uni uyg'ota oladi?
    3.O'qish bilan bog'liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz?
    4.Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni istar edingiz?
    5.O'rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
    6.Kursdoshlaringiz ichidan kim bilan mashg'ulotlarga birgalikda tayyorlanishni yoqtirasiz?
    7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?

    Download 220.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 220.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biografiya (tarjimai hol) va anketa metodlari

    Download 220.5 Kb.