“Sotsiometriya metodi”. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari




Download 220.5 Kb.
bet5/7
Sana24.05.2023
Hajmi220.5 Kb.
#63964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza
12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya, Temperament va uning tiplari , 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
2. 5. “Sotsiometriya metodi”. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari
Kuzatish suhbat, pedagogik-psixologik eksperiment, test metodlari yordamida to'plangan tadqiqot natijalari sosiometrik metod yordamida to'ldirilishi mumkin. Sotsiometrik metodni dastavval amerikalik mikrosotsiolog Djon Moreno tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib uni yordamida sinflar va ular o'rtasidagi kichik guruhning bilim darajalarini o'lchashda, ular orasidagi emosional munosabatlarni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metod yordamida bir guruhdagi har bir a'zoning o'zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan qatnashishi, materiallarni qanday qilib o'zlashtirishi kabi savollariga javob so'raladi. Olingan ma'lumotlar matrisa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko'rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma'lum bir xulosa qiladi.Tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlarda shaxslararo munosabatlarini o'lchash usuli hisoblanadi. Sinaluvchilarga va ularga ketma – ket javob qaytarish orqali guruh a'zolarining o'zaro tanlash o'zlashtirish usullarini tahlil qilish jarayoni vujudga keltiriladi.
Sotsiometrik metoddan turli yoshdagi, qiz va o'g'il bolalar orasidagi, bilim darajasi har xil o'quvchilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin. Shaxslararo munosabatlar sinflardagi o'quvchilarning ob'ektiv, o'zaro jiddiy munosabatlarini aks ettiradi. Maktabdagi jamoatchilik munosabatlari faqat o'quvchilar guruhi o'rtasidagi ilk oddiy o'zaro yordamlashish munosabatlardangina iborat bo'lmay, balki mazkur o'quvchilar guruhidan va umuman maktabdan tashqari chiquvchi biror umumiy maqsadlar asosida, birgalashib harakat qilishdan iboratdir.
Psixik funksiyalar taraqqiyotini hozirgi kunda uzunasiga va kondalangiga kesish usuli bilan o'rganishga katta e'tibor berilmoqda. Bu usullardan foydalanish pedagogik psixologiya fanida ham samarali natija beradi. Chunki bu metod turli sinflarda, turli psixik funksiyalar rivojlanishi, unga xos xususyat va qonuniyatlarni chuqurroq, aniqroq o'rganishga yordam beradi.
Ayniqsa sosiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o'zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to'g'risida to'la axborot berishga yordam beradi.
Odatda o'quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg'ulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo'shni bo'lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma'qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval, hammadan ko'ra ko'proq kim bilan birga bo'lishni xohlasang, o'shaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to'g'ri kelmasa, yana kim bilan birga bo'lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq.

Download 220.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 220.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Sotsiometriya metodi”. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari

Download 220.5 Kb.