• Yozma soroq yoki anketaning
  • Республикаси Олий ва Ўрта




    Download 220.5 Kb.
    bet3/7
    Sana24.05.2023
    Hajmi220.5 Kb.
    #63964
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza
    12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya, Temperament va uning tiplari , 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
    2. 3.Test va so'rov metodlari.
    Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko'ra, intellekt-lotincha so'zdan olingan bo'lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma'noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir.
    Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o'rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham mikdor xarakteristiqalarini olish, ularni ko'pchilikda qayta - qayta sinash va ma'lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo'ladi. Ayni testga qo'yilgan talab hech qachon o'zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o'zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni ulchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
    Test - so'rov oldindan qat'iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o'lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo'q» tarzida javob berish so'raladi.
    Test - topshiriq odam hulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo'llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o'tkazish imkoniyatining borligi bo'lsa, kamchiligi - ba'zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun'iy tarzda uning kechishiga ta'sir ko'rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir. Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo'ladi. Ya'ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi.
    So'rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma'lumotlar to'plashning an'anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo'yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo'ladi. Og'zaki so'roqni yoki ba'zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o'tkazadigan shaxs unga ma'lum darajada tayyorgarlik ko'rgach so'roq o'tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga etarli bo'lmasa, so'rov o'z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so'rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo'lgan noyob ma'lumotlarni to'plash imkoniga ega bo'ladi.
    Yozma so'roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o'zida ko'pgina odamlar fikrini o'rganish mumkin bo'ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopik anketa), yoki erkin o'z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so'rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo'lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to'planadi.
    So'roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo'lib, birinchisida oldindan nimalar so'ralishi qat'iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, komp'yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so'roq o'tkazilishi nazarda tutiladi.

    Download 220.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 220.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Республикаси Олий ва Ўрта

    Download 220.5 Kb.