• O’z –o‘zini tekshirish uchun savollar
  • Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi




    Download 220.5 Kb.
    bet6/7
    Sana24.05.2023
    Hajmi220.5 Kb.
    #63964
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza
    12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya, Temperament va uning tiplari , 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
    Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Bu metod psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida keng qo'llaniladi. Odam chizgan rasmlar, yasagan o'yinchoqlar, modellar, to'qigan narsalar, tikkan qo'g'irchoqlar, to'qib, so'zlab berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar chizmasini tushunish kabilarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli, texnik ijodi yuzasidan materiallar to'plash mumkin. Mazkur metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o'rtasida muloqot o'rnatish uchun shaxsning psixikasi to'g'risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Tekshiruvchi (o'qituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, xususiyati bilan keskin tafovut qilishi nazarda tutiladi.
    Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar to'plash mumkin. Faoliyat mahsulotlarini o'rganish inson ruhiyatini o'rganish metodlari ichida o'ziga xos o'rinni tashkil etadi. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, inson ruhiyatini o'rganish yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo'shimcha metodlardan ham foydalaniladi. E'tirof etish joizki, qo'llanilayotgan har bir metodning o'ziga xos ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu bois konkret shaxs ruhiyatini o'rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik, ob'ektivlik, tekshiriluvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa tamoillarga suyanish darkor.
    Xulosa sifatida aytish kerakki, kasbiy faoliyat psixologiyasining bu metodlari orqali shaxsning turli vaziyatlarda hulqini diagnostika qilish mumkin.

    O’z –o‘zini tekshirish uchun savollar:


    1. Kasbiy faoliyat psixologiyasining o'rganish ob'ektini izohlab bering.
    2. Kasbiy psixologiyaning metodlari barchasi nima uchun umumiy talablarga va qoidalarga bo’ysunadi?
    3. Psixik jarayonlar deganda nimani tushunasiz ?
    4. Psixologik nazariyalarini asosiy yo‘nalishlarini tushuntiring.
    5. Psixik hodisalarning shakllarini aytib bering.
    6. Psixologiya fanining tarmoqlarini ta’riflang.
    7. Kuzatish metodlarini izohlang.
    8. Psixologik eksperiment nima ?
    9. Proektiv test deganda nimani tushunasiz?
    10. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlarini tavsiflab bering.

    Download 220.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 220.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi

    Download 220.5 Kb.