Kuzatish va psixologik eksperiment metodlari




Download 220.5 Kb.
bet2/7
Sana24.05.2023
Hajmi220.5 Kb.
#63964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza
12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya, Temperament va uning tiplari , 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
2. 2. Kuzatish va psixologik eksperiment metodlari.
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo'ldi, xolisonalik (ob'ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o'lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish metodi psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kiritilib, uning barcha sohalarida qo'llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiylik imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanlik xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo'nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha «kvantifikasiyalash», ya'ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);
- kuzatishning ko'lami (hajmi), xususiyati va o'ziga xosligini aniqlash, ya'ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko'rinishning o'ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya'ni fransuzcha – lotincha «fiksasiyalash»);
- kuzatish davomida to'plangan omillar, ma'lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo'yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko'zlangan maqsad mana bulardan iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob'ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda ifodalanishini yaratish, yig'ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning ob'ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
- kuzatishning ob'ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni o'rganishdan iboratdir;
- kuzatishning predmeti – insonning xilma – xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o'ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi:
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g'oyalarni ilgari surish.
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun'iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo'llash maqsadga muvofiq:
- E.Gilbertning «Ish kuni fotografiyasi» metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, ko'zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa'i – harakatlar bo'yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o'zgarishlarga binoan muayyan ketma - ketlikda joylashtirish);
- talabalarda dars boshida, o'rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shug'ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo'lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o'smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hokazo.
Kuzatilgan ob'ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik ifodalanishi, ta'kidlovchi, ta'birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma'lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo'yicha g'oyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida to'plangan ma'lumotlar ilmiy hisobat sifatida muayyan qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma - bosqich tahlili, ularning muhokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo'lgan tavsiyalar, ko'rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati va nihoyat ilovalar (har bir qism o'ziga xos yakunlangan, tugallangan ma'no anglatishi lozim).
Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman bo'lishidan qat'i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e'tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi, uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga qaratilgan ta'sir o'tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi.
Kuzatish yakunlari bo'yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat'iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi. Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo'llash lozim:
- olingan natijalarni foizlar bo'yicha hisoblab chiqish;
- to'plangan ma'lumotlarning o'rtacha arifmetik qiymatini topish;
- son qatoridagi o'rtacha kvadrat og'ishni hisoblash (sigma);
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
- omillar o'rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish;
- ma'lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim.
Eksperiment – yangi psixologik faktlarni olishning va ob‘ektiv ilmiy bilishning asosiy qurollaridan biri. Eksperiment metodi keyingi yillarda psixologiya fanining eng yetakchi metodlaridan biriga aylandi.
Eksperiment-kishini maxsus jihozlangan laboratoriya sharoitlarida o’rganish. Psixologik eksperiment psixologik faktni aniq namoyon qilishga yordam beradigan sharoitni yuzaga keltirish maqsadida tadqiqotchining tekshiriluvchi faoliyatiga aralashishini taqozo qiladi. Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimenti laboratoriya sharoitida maxsus psixologik apparatlar yordamida o’tkaziladi. Tekshiriluvchi kishining nima qilishlari lozimligi ularga oldindan ogohlantirib qo’yiladi.
Tabiiy eksperiment (1910 yilda A.F. Lazurskiy tomonidan tavsiya qilingan) mohiyatiga ko’ra eksperiment sharoitida tekshiriluvchiga o’zi ustida tajriba olib borilayotganligini bildirmaslikka qaratilgan bo’lib, tadqiqotni odatdagi tabiiy sharoitga ko’chiriladi. Eksperimentning yuqoridagi ikkita turidan tashqari psixologo-pedagogik eksperiment va shakllantiruvchi eksperiment deb ataluvchi ikkita tur mavjud bo’lib, ular pedagogikada keng qo’llaniladi.

Download 220.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 220.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuzatish va psixologik eksperiment metodlari

Download 220.5 Kb.