|
Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari
|
bet | 5/8 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 25,22 Kb. | | #274307 |
Bog'liq Lecture - 2 Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillari.
Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Agrofirmalar fermer xo’jliklari tomonidan ixtiyoriy asosda tashkil etiladi, bunda muassislar tarkibiga, fermerlar bilan bir qatorda, barqaror xo’jalik aloqalariga va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo’lgan, shuningdek yaqin atrofdagi hudud joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini kirishi mumkin;
Agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qo’shma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin;
Fermer xo’j aliklarining agrofirmalar tarkibiga kiruvchi qayta ishlaydigan va boshqa korxonalar bilan o’zaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi, Ushbu shartnomalarda tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foizi avans bilan ta’minlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qo’yilgan;
Fermer xo’jaliklari - agrofirmalar ta’sischilari shartnomadagi ortiqcha yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini o’z xohishiga ko’ra ichki bozorda sotadi va eksport qiladi.
Agrofirmalarning maqsadi va asosiy vazifalari
Agrofirma asosan qishloq joylarda, uning qatnashchilari sa’y-harakatlarini, ularning moddiy va ma’naviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi.
Agrofirma faoliyatining asosiy maqsadi hududdagi fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, eksport qilish hamda boshqa turdagi xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdan daromad olishdir.
O’z maqsadini amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun agrofirmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
shartnoma asosida fermer xo’jaliklarining buyurtmasiga ko’ra mexanizasiya va agrotexnik tadbirlarni bajarish va boshqa xizmatlar ko’rsatishni muvofiqlashtirish;
marketingni tashkil etish, bozor kon’yunkturasini o’rganish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda xo’jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga ko’maklashish;
fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish tartiboti (rejim) asosida aniqlangan hamda umumiy ajratilgan cheklangan suv miqdorini belgilash va barcha iste’molchilarga suv manbalari bo’yicha teng miqdorda taqsimlanishini ta’minlash;
lizing asosida transport vositalari va mexanizmlar olishda xizmat ko’rsatish;
ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar o’rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish;
suv, urug’, o’g’it, yonilg’i-moylash materiallari, biomateriallar bilan ta’minlash bo’yicha amaliy yordam berish;
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlash;
fermer xo’jaliklariga meva-uzum, sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa ekinlarning agrotexnikasi bo’yicha maslahatlar berish;
fermer xo’jaliklarini yuqori hosil beradigan, sifatli qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari va mevali daraxtlar, toklarning ko’chatlari bilan ta’minlash;
viloyat va tumanda yetishtirilmagan urug’ turlarini boshqa viloyatlardan keltirish hisobiga iste’mol uchun qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiruvchi aholini, fermerlarni to’liq miqdorda sifatli va navdor urug’lar bilan ta’minlash maqsadida dala-do’konlari tashkil etish;
a’zolarning talab ehtiyojidan kelib chiqib, urug’chilikda qo’llaniladigan urug’ ajratadigan, tozalaydigan, qadoqlaydigan, saqlaydigan maxsus mexanizm va moslamalar bilan jihozlangan urug’chilik punktlarini tashkil etish;
ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh urug’lik mahsulotlarining yangi navlarini yetishtirishga ko’maklashish;
urug’chilik bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
dehqon va fermer xo’jaliklariga biznes-rejalar tuzishda xizmat ko’rsatish;
fermer xo’jaliklariga almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish maqsadida ekinlarni to’g’ri joylashtirish;
fermer xo’jaliklariga ularning texnika vositalarini ta’mirlashda xizmat ko’rsatish;
ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish;
tara-idishlar ta’minotini va transport xizmatini tashkil qilish;
brokerlik xizmatini ko’rsatish;
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bilan shug’ullanish;
vositachilik faoliyati bilan shug’ullanish;
qo’shma korxonalar tuzish bilan shug’ullanish;
investisiyalarni jalb etishda xo’jaliklarga va boshqa korxonalarga ko’maklashish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish;
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanish.
|
| |