2-mavzu: Qishloq xo’jalik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari




Download 25,22 Kb.
bet3/8
Sana09.10.2024
Hajmi25,22 Kb.
#274307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Lecture - 2

Dehqon xo’jaligi tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida quyidagi huquqlarga ega:

  • o’ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;

  • yetishtirilayotgan va realizasiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;

  • o’zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o’z xohishi bo’yicha realizasiya qilish huquqini tasarruf etish;

  • xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan fyu’chers bitimlari tuzish;

  • tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda foyda olish;

  • qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo’ljallangan aksiyalarni sotib olish;

  • o’z mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo’yish.

Dehqon xo’jaligi quyidagilarni bajarishi lozim:

  • tomorqa yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;

  • tabiiy obyekt bo’lmish yerga zarar yetkazmaslik;

  • tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf- xarajatlar qilish;

  • yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, bir yil ichida foydalanishga kirishish;

  • agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;

  • dehqon xo’jaligining majburiyatlari va qarzlari bo’yicha tO’la javobgar bo’lish;

  • xo’jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’mishlash.

Dehqon xo’jaligi boshlig’i quyidagi huquqlarga ega:

  • dehqon xo’jaligi nomidan ishonchnomasiz ish ko’rish;

  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;

  • ishonchnomalar berish;

  • bankda hisob varaqlar ochish.

Dehqon xo’jaligi boshlig’i dehqon xo’jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlarini himoya qilishi, huquqlarini amalga oshirilishini ta’minlashi lozim.
Dehqon ho’jaligi a’zolari:

  • xo’jalik a’zolari o’rtasidagi shartnoma shartlariga ko’ra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan o’z ulushini olish;

  • davlat ijtimoiy sug’urtasidan o’tkazilish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek tovar qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo’jaligida sarflangan ish vaqti O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi xuzuridagi Pensiya jamg’armasiga badallar to’lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilishi huquqiga ega.

Dehqon xo ’jaligi:

  • o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo’jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga;

  • ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga;

  • olingan daromadga (foydaga);

  • qonunda taqiqlanmagan asosolarda ega bo’linmagan boshqa mol-mulkka mulkdordir.

Dehqon xo’jaligining o’ziga qarashli mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi davlat himoyasida bo’ladi.
Dehqon xo’jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo’jalik a’zolarining o’zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Dehqon xo’jaligi mol-mulkni hosil qilish, ko’paytirish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Dehqon xo’jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag’larini saqlab turish va bu mablag’larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob varaqlar ochish huquqiga ega. Dehqon xo’jaligining hisob-kitob hisob varag’idan mablag’larni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobidan chiqarish mumkin.

Download 25,22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 25,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: Qishloq xo’jalik korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslari

Download 25,22 Kb.