• Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral holati bo`yicha guruhlanishi
  • Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi
  • 2-mavzu. Sanoat korxonalarining elektr energiya iste’molchilarini guruhlash reja




    Download 47.53 Kb.
    bet1/2
    Sana04.11.2022
    Hajmi47.53 Kb.
    #29072
      1   2
    Bog'liq
    2- mavzu MARUZA
    357708, ILOVALAR, Molekulyar-kinetik nazariya asoslari. Ideal gaz va uning paramet, Научный стиль речи и его особенности, Выражение временных отношений, I bob, metodichka (1), “B” stansiyasini ikki bosh yo’lga bog’lash bo’yicha strelka, AMIR TEMUR O’GITLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI., AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI, Kichik maktab yoshdagi o\'quvchilar, MA’NONING KENGAYISHI, TORAYISHI VA KO‘CHISHI., Inomov Ismoiljon IT VA IYD MUSTAQIL ISH, Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika-fayllar.org

    2-MAVZU. SANOAT KORXONALARINING ELEKTR ENERGIYA ISTE’MOLCHILARINI GURUHLASH


    REJA:

    1. Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral holati bo`yicha guruhlanishi.

    2. Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi

    3. Elektr iste’molchilarning ish rejimi bo‘yicha guruhlanishi



    Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral
    holati bo`yicha guruhlanishi
    Elektr qurilmalari tokning turi (o`zgaruvchan va o`zgarmas), kuchlanishi (1 kV gacha va 1 kV dan yuqori) va ishlatilishi bo‘yicha har xil guruhlarga bo`‘linadi.
    Ishlatilishi bo‘yicha elektr qurilmalari quyidagilarga bo`linadi: elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar - elektr generatorlari; o‘zgartiruvchi va taqsimlovchilar - transformator podstansiyalari; o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokga yoki boshqa chastotali tokga aylantiruvchi uskunalar; elektr tarmoqlari; iste’molchilar - elektr qabul qiluvchilar. Elektr iste’molchilari deganda, elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi agregatlar, mexanizmlar, qurilmalar tushuniladi.
    Elektr qurilmalarining neytral nuqtalari holatiga qarab quyidagilarga bo`linadi:
    1) Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaminlangan qurilmalar;
    2) Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali izolyatsiyalangan qurilmalar;
    3) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, biror liniya erga ulanganda zaminga o`tadigan toki kichik (Iz 500A) bo`lgan, neytrali izolyatsiyalashgan qurilmalar;
    4) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, bir fazali yerga ulanish sodir bo‘lganda zaminga o‘tadigan toki katta (Iz>500A) bo‘lgan, neytrali to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaminlangan elektr qurilmalar;
    5) Kuchlanishi kichik (42 Voltgacha) elektr qurilmalari.


    Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi
    Elektr ta’minotining ishonchliliga qo‘yiladigan talablarga qarab elektr iste’molchilar quyidagi uchta toifalarga bo‘linadi:
    I toifa elektr iste’molchilari bunday elektr iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish kishilarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi, xalq xo‘jaligi uchun katta zarar keltiradi, qimmatli qurilmalarni buzilishi va ko‘plab hom-ashyoni chiqindiga chiqishiga, murakkab texnologik jarayonni uzoq vaqtga izdan chiqishiga, kommunal xo‘jalikning eng muhim jabhalarida ishning buzilishga olib keladi. I toifali elektr qabul qiluvchilar elektr energiyani kamida ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan olishlari kerak va ularning elektr ta’minotidagi uzilishi vaqti zahiridagi manbani avtomatik ravishda ulashga ketadigan vaqt bilan belgilanadi.
    Mustaqil manba sifatida ikkita elektr stansiya yoki podstansiyalarning taqsimlash qurilmalari ishlatilishi mumkin (2.1-rasm).
    Ko‘p korxonalarida I toifali elektr istemolchilarining solishtirma miqdori katta bo`lmaydi. Neft kimyosi, sintetik kauchik va metallurgiya korxonalarida I toifali elektr qabul qiluvchilarining miqdori 70 (80 % ni tashkil etadi.
    I toifali istemolchilaridan ayrimlari alohida guruh iste’molchilari turkumiga kiradi. Ularni to‘xtovsiz ishlashi ta’minlansa kishilar hayoti xavf ostida qolmaydi, portlashlar, yong‘inlar sodir bo‘lmaydi va qimmat baholi qurilmalar ishdan chiqmaydi. Bularga, masalan kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar, yer osti konlaridan yuqoriga ko`taruvchi uskunalarining yuritmalari va avariya holatlarda ishlaydigan yoritish qurilmalari kiradi. Bunday alohida guruh iste’molchilari uchun uchinchi qo`shimcha mustaqil ta’minlash manbasi bo‘lishi kerak.

    2.1-rasm. I va II guruh iste’molchilarini ikkita mustaqil manbadan ta’minlash.

    II toifali elektr iste’molchilari - bunday elektr iste’molchilarining elektr ta’minotidagi uzilish ko`plab mahsulotlarni ishlab chiqarilmasligiga, ishchilarning ommaviy turib qolishiga, mexanizmlar va korxona transportini ishlamasligiga, shahar va qishloq aholisining ko`p qismining normal faoliyatini buzilishiga olib keladi. Bu toifadagi iste’temolchilar korxonalarda eng ko‘p qismni tashkil qiladi. Ularning elektr ta’minotini ikkita mustaqil elektr manbalar orqali bajarilishi tavsiya etiladi. II toifali iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish vaqti zahiridagi manbani navbatchi shaxs yoki maxsus brigada faoliyatining ulashga ketadigan vaqti bilan belgilanadi.


    III toifali elektr iste’molchilariga yuqorida tanishilgan I va II toifali iste’molchilar turkumiga kirmaydigan barcha elektr qabul qiluvchilar kiradi. Ularning elektr ta’minoti bitta manba orqali bajarilishi mumkin (2.2-rasm).

    2.2-rasm. III guruh iste’molchilarini bitta manbadan ta’minlash.

    III toifali elektr iste’molchilarida elektr ta’minotidagi uzilish 24 soatdan oshmasligi kerak. Tokning chastotasiga qarab iste’molchilar 50 Gs chastotali, yuqori (10 kGs gacha), o‘ta yuqori (10 kGs dan katta) va past chastotali manbalardan ishlaydigan iste’molchilarga bo`linadilar. Korxonalarda asosan, 50 Gs chastotali iste’molchilar ishlatiladi. Yuqori va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar metallarni eritishda, toblashda, qoliplashda keng ishlatiladi. Bunday manbalarni hosil qilish uchun tristorli, ionli yoki lampali o`zgartgichlar ishlatiladi. Past chastotali iste’molchilar turkumiga transportda (16 Gs), suyultirilgan metallni aralashtirishda (25 Gs gacha) ishlatiladigan kollektorli elektr yuritgichlar kiradi. Past chastotali elektr iste’molchilar sanoat korxonalarida keng tarqalmagan.





    Download 47.53 Kb.
      1   2




    Download 47.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Sanoat korxonalarining elektr energiya iste’molchilarini guruhlash reja

    Download 47.53 Kb.