|
2-mavzu. Steam ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo’llashning me’yoriy- uslubiy asoslari
|
bet | 2/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #142810 |
Bog'liq 2---202
Ilk qadam – davlat dasturida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga STEAM ta’lim texnologiyasi asosida ta’lim tarbiya berish masalalari.
Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo‘lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan davlat o‘quv dasturiga (2018-yil) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ikkinchi nashrini yaratish zarurati tug‘ildi. Davlat o‘quv dasturining birinchi nashrini qayta ko‘rib chiqish uchun quyidagi omillar asos bo‘ldi: ● 2019-yilda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va unda belgilab berilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, shuningdek, maktabgacha ta’limda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ; ● dasturning birinchi nashrini qo‘llashda orttirilgan tajriba va uning tahlili; ● 2021-yilda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari mutaxassislari, MTTning davlat, nodavlat va muqobil shakllari pedagoglari va metodistlari o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli milliy so‘rov natijasida aniqlangan fikr va takliflarining inobatga olinganligi; ● maktabgacha ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan xalqaro tajriba. 2021-yil 23-dekabrdagi 10-sonli bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim davlat standartini amalga oshirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat o‘quv dasturining asosiy vazifasi kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida bola shaxsini rivojlantirish hisoblanadi.
Davlat o‘quv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va muassasalarida qoʻllanilishi majburiydir:
- davlat maktabgacha ta’lim tashilotlarida;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat MTTlarida;
- ta’lim va tarbiyaning muqobil shakllarida;
- “Mehribonlik” uylari maktabgacha ta’lim guruhlarida;
- monitoring va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida.
|
| |