|
DAVLAT O‘QUV DASTURINING QO‘LLANILISHI
|
bet | 3/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #142810 |
Bog'liq 2---21.1. DAVLAT O‘QUV DASTURINING QO‘LLANILISHI
- Davlat o‘quv dasturi muqobil, parsial, moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
- MTT Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan muqobil, parsial, moslashtirilgan o‘quv dasturlarini qo‘llash huquqiga ega.
- MTT o‘quv dasturi mutaxassislar va ota-onalarni jalb qilgan holda, pedagoglar tomonidan tuziladi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
1.2. MTTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
● bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilagan davlat talablari asosida hamda MTT davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
● maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish;
● bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va mahalliy jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish.
2-ВОВ
MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
2.1. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSADI
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.
- MTT ta’lim va tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Bolalikni o‘ziga xos qadriyat ekanligini tan olish.
- Bolaning huquqi, individualligi va rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish.
- Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi va farovonligini ta'minlash.
- Bolaning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va xavfsiz muhitni ta'minlash.
- O‘yin orqali ta’lim olish va rivojlantirish.
- Milliy, tarixiy va madaniy an’analar, ma’naviy boyliklarni tan olish va boshqa xalqlar madaniyatiga hurmatda bo‘lish.
- MTTning oila, mahalla, maktab bilan hamkorligi.
3-BOB
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
3.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI (6-7 YOSH) BOLANING TAYANCH KOMPETENSIYALARI
- Kommunikativ
- Ijtimoiy
- Shaxsiy ("Men" konsepsiyasini qurish)
- Bilish
Kommunikativ kompetensiya – atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo‘lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o‘yin, bilish, maishiy va ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati.
Ijtimoiy kompetensiya – bu bolaning belgilangan tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni o‘rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalariga amal qiladilar. Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar.
Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi.
Bilish kompetensiyasi bilim olish, o‘qish va o‘rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrofolamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Harakat va o‘zaro munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o‘rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrofolamdagi yangi ob’yektlarni o‘rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o‘yin va o‘zaro muloqot jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o‘tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun yangi imkoniyatlar topadilar. Ular o‘zlarining kashfiyotlari bilan o‘rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o‘z-o‘zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.
|
| |